Kogon shahar kasb-hunar maktabi

Kogon shahar kasb-hunar maktabi - Buxoro viloyati Kogon sharhida joylashgan professional taʼlim muassasasi[1].Ushbu taʼlim muassasasi shahardagi yagona professional taʼlam muassasasi hisoblanadi.

Kogon shahar kasb-hunar maktabi
Asos solingan sanasi 1967-yil
Fakultetlar 7
Talabalari 381
Oʻqituvchilari 39
Manzili
Kogon shahar Xalqlar do'stligi 10-uy

Kasb-hunar maktabida 7 ta kasblar „Avtomobil dvigatellarini tashxislashtirish va taʼmirlash chilangari“, „Avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chilangari“, „Dispetcher xizmati operatori“, „Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori“, „Payvandlovchi“, „Elektr stansiyalari uskunalarini taʼmirlash“, „Aloqa operatori“ kasblari boʻyicha oʻquvchilar oʻqitiladi.

Hududi: 3,3 gektar.

Quvvati: 720  o‘rin.

Taʼlim davomiyligi: 2 yillik.

Kasb-hunar maktabiga oʻquvchilar 9-sinfdan qabul qilinadi, hamda 2-yil davomida tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha ilm beriladi.

Muassasa 4 ta oʻquv binosidan tashkil topgan.

Tarixi

tahrir
  • 1967-yil ta'lim muassasasi professional texnika bilim yurti sifatida tashkil topgan.
  • 2001-yilda Kogon sanoat, transport kasb-hunar kollejiga o’zgartirilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabridagi PF-5812-sonli „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq „Kogon shahar kasb-hunar maktabi“ sifatida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda[2].

Yutuqlar

tahrir

Faoliyati davomida taʼlim muassasasi bir qator yutuqlarga erishgan. Jumladan:

2018-yil - Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Siz qonunni bilasizmi” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli I-oʻrin egalladi[3].

2019-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilgan kun munosabati bilan viloyatda oʻtkazilgan “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani boʻyicha eng ilgʻor taʼlim muassasi tanlovi”da  viloyatda munosib oʻrin egallagan.

2023-yil - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasida viloyatda munosib oʻrin egallagan.

2023-yil - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasida viloyatda munosib oʻrin egallagan.

Manbalar

tahrir