Koguryo
Koguryo — qad. koreys qabilasi, keyinchalik milodning dastlabki asrlarida Koreya yarim oroldagi 3 ta davlat (K., Pekche, Silla) dan biri. K. qabilasi milodiy 1-asr boshiga kelib Amnokkan daryosining oʻrta oqimidagi hududlarda istiqomat qilgan. Koguryo davlati 4-asr oxirida ravnaq topgan. 612 yil u Xitoydagi Suy sulolasining bosqinchilik yurishini qaytargan. 668 yil Xitoyning Tan sulolasi qoʻshinlari Silla davlati bilan ittifokdikda K.ni tor-mor qilgan. K. yerlari ular oʻrtasida taqsimlab olingan.[1]
Koguryo qirolligi
tahrirKoguryo (Goguryo) qirolligi — Shimoliy Koreya va Manchjuriyaning oʻrta va janubiy qismida mavjud boʻlgan 3 qirollikdan biri. Koguryo— milodiy 668-yillarda mavjud boʻlgan. Koguryo dastlab qabilaning nomi boʻlgan. I asr boshlarida koguryoliklar Yalutszyan (koreyscha Amnokkan) daryosining oʻrta oqimi boʻyida istiqomat qilishgan. Koguryo haqidagi birinchi batafsil maʼlumot Xitoy sulolalari tarixi (San go chji, III asr)da koʻrsatib oʻtilgan. Unga koʻra, Kochoson urushidan keyin, koguryoliklar Syuantu okrugi tarkibiga kiritilgan. Koguryo 37-yilda esa Koguryo qirolligi tashkil topgan.
Koguryo qirolligiga Tonmyonson asos solgan. Uning tugʻilishi haqida bir afsona bor. Bir Puyo podshosi daryolar xudosi Xebo („Daryo xudosi“)ning qizini oʻziga xotin qilib olgan. Podsho darhol xotinini qamab qoʻyadi, ammo u quyosh nurlaridan homilador boʻlib qoladi va katta tuxum tugʻadi. Podsho tuxumni yoʻq qilmoqchi boʻladi, lekin hech narsa qila olmagach, tuxumni xotiniga qaytarib beradi va u tuxumni parvarishlaydi. Tez orada tuxumdan bolakay chiqadi, unga Jumong (Chjumen) deb ism qoʻyishadi, uning ismi „mohir mergan“ maʼnosini anglatgan. Puyoliklar uni oʻldirmoqchi boʻlishgan, biroq podsho bunga ijozat bermagan. U Jumongga otlarni boqish uchun farmon berdi. Qishki ov paytida Jumong birgina kamon oʻqidan foydalanib, hayvonlarni toʻldirib tashladi va bu buyuk odam rashkdan ularni oʻldirishni xohlab qoldi. Onasining maslahati bilan Jumong janubi-sharqdagi Yanveydonga joʻnab ketadi. Taʼqibdan qochayotgan paytida Jumong daryodan uni himoya qilishini soʻraydi, keyin esa baliq va toshbaqalardan koʻpirik yasalib, Jumong daryodan kesib oʻtadi. U qirgʻoqning narigi tarafida 3 ta odamni uchratadi va ular Jumong bilan birga Xeshengu shahriga borishadi. Bu yerda Jumong Koguryo (xitoycha Gaogouli yoki Gaoszyunli) davlatiga asos soladi. Puyo asoschisi bilan Tonmyon haqidagi afsonalar bir-biri bilan bogʻliq. Dastlabki qirollarning roʻyxatlari Samguk Sagi va Xitoy xronikasi Beyshida keltirilgan. Jumongning xotini Puyoda qolgan va oʻgʻil farzand Shilyuyseni dunyoga keltirgan. Jumong Koguryoni boshqaryotgan paytda, Shilyuyseni ismini Lyuyda-Yurimyon bilan almashtirishadi va u onasi bilan otasining oldiga joʻnab ketadi. U oʻgʻliga davlat ishlarini oʻrgatdi. Jumong oʻlgach, uning vorisi Yuri, keyin esa nabirasi Juli-Temusin boʻldi. Julidan keyin esa uning oʻgʻli Molay-Mobon boshqardi.
Poytaxti — Cholbon (m.a. 37 — milodiy 4), Kunne (4—427), Pyongyan (Pxenyan; 427—668). Koguryo 244—246-yillarda Vey davlati bilan urush olib boradi. 313-yilda esa Dayfan va Lolan okruglarini bosib olib, xitoyliklarni butunlay oʻz hududidan quvib chiqaradi. Shundan soʻng Koguryo kuchli qirollikka aylanadi. Kvangetxo Buyuk davrida esa oʻz qudratining choʻqqisiga erishadi. Koguryo 598—614-yillardagi Suy bosqinchilarining ham yurishlarini mardonavor qaytaradi. 645-yilda esa Tan imperatori Li Shi Min 700 ming kishilik qoʻshin bilan bilan Koguryoga yurish boshlaydi. 648-yilda esa Tan imperiyasining qoʻshinlari butunlay tor-mor keltiriladi. 661-yilda esa ikkinchi Koguryo-Tan urushi boʻlib oʻtadi. Bu safar ham Koguryo gʻalaba qozonadi. Biroq 666-668-yillardagi uchinchi urushda Silla-Tan ittifoqi Koguryoni tamomila bosib olishadi. Shu 645-yilgi Koguryo-Tan urushi. tariqa, shimoli-sharqiy Osiyodagi 5 ta qudratli davlatdan biri sharmandalarcha magʻlub etildi. Imperiya bosib olingan 5 viloyat, 176 shahar, 667000 (Samguk Sagi boʻyicha: 990000) xonadonni 9 dududfu (noiblik), 42 viloyat va 100 uyezdga aylantirishadi. Ularning barchasi Andun duxufu (harbiy noiblik) tarkibiga kiritiladi. Uning birinchi noibi Syue Jenguy boʻlgan.
Qoʻshimcha maʼlumotar. 612-yilda Xitoyning Suy sulolasi bosqinchilik yurishlarini qaytargan. Bu kurashda qoʻmondon Ul Chimundoq gʻalaba qozongan. 645-yil bahorda Tan imperatori Min (Li Shi Min; 627-649 yy) Koguryoga yurish boshlaydi. Imperator Minning 700 ming kishilik qoʻshini bor edi. Imperator Min Anʼsi qal’asiga hujum qiladi. Anʼsi qal’aboshisi Yan Manchun imperator Minni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. Imperator Minning esa bir koʻzi jarohatlanadi. Imperator orqaga chekinayotgan paytida Lauze botqogʻida Koguryoning bosh qoʻmondoni Yon Kesamun unga yetib oladi. Botqoqdan koʻp sonli qurbonlar yoʻqotib, Tan poytaxti Chanʼanga zoʻrgʻa yetib boradi. Tarixiy manbalarga koʻra, imperator Min 649-yilda ogʻir kasallikdan vafot etadi. 661-yilda Tan imperiyasi oliy qoʻmondon Li Chin boshchiligida Koguryoga ikkinchi yurishini boshlaydi. Bu yurish ham kutilgan natija bermaydi. Qoʻmondon Yon Kesamun Tan gazandalarini quvib borib, Buyuk Xitoy devorini kesib oʻtadi va Pekin hamda Shandun oʻlkalarini qoʻlga kiritadi. Yon Kesamunning bu yurishidan soʻng Pekin va Shandun oʻlkalarida Koʻryochjen, Koʻryopan jugʻrofiy nomlari vujudga keladi. 666-yilda Tan imperiyasi Koguryoga uchinchi yurishini boshlaydi. Urushga bahona vazifasidan chetlashtirilgan marhum Yon Kesamunning toʻngʻich oʻgʻli Yon Namsengni vazifasiga qaytarish edi. Bu paytda Yon Namgeun Koguryo qoʻshining bosh qoʻmondoni edi. Bu safar ham Tan qoʻshiniga qoʻmondon Li Chin boshchilik qiladi. 667-yil sentabr oyida Tan qoʻshinlari Lyadonning old himoya chizigʻi boʻlgan Sin qal’asini qoʻlga kiritadi. Buning natijasida atrofdagi 16 ta mayda qal’alar dushman qoʻl ostiga oʻtadi. 668-yil fevral oyida oliy qoʻmondon Li Chin sarkarda Syue Jenguyga Koguryoning asosiy taʼminot zaxirasi boʻlgan Puyo qal’asini egallashni buyuradi. Puyoning egallanishi Lyadonning janubiy sarhadlari ancha zaiflashganini bildirardi. 668-yil Silla qiroli Munmu 200 ming kishilik qoʻshin bilan Koguryoning ikkinchi poytaxti hisoblanuvchi Xan qal’asini qoʻlga kiritadi. Munmuning maqsadi Xan qal’asini bosib olib, butun Xvanxe hududini egallash edi. Nihoyat, Silla qoʻshini Pyongyanga yetib kelib, Tan qoʻshini bilan birlashadi. 668-yil sentabrda ittifoqchilar Pyonyganni egallashadi. Ular Pyongyanni yoqib yuborib, Koguryoning soʻngi 28-qiroli Pojon va oʻz joniga qasd qilib omon qolgan Yon Namgeunni asir olishadi. Shu tariqa shimoli-sharqiy Osiyodagi 5 ta qudratli davlatdan biri sharmandalarcha barham topadi. Tan imperiyasi Koguryoni 9 ta viloyat, 42 ta boʻlinma va 100 ta tumanga boʻlib, boshqarish oson boʻlishi uchun markazi Pyongyan boʻlgan Andun ulusini tashkil qilishadi. 3 qirollik tarixiy manbalariga koʻra, Andun ulusiga noib etib sarkarda Syue Jenguy tayinlangan.
Koguryo qirollari
tahrirT/r | Vafotidan keyingi ismi (asl ismi) | Hukmronlik davri |
---|---|---|
Afsonaviy yoʻnalish | ||
1 | Tonmyonson (Jumong, Kojumon, Chxumo, Sanxe) | m.a. 37—19 |
2 | Yurimyon (Yuri, Yuryu, Nuri) | m.a.19 — milodiy 18 |
3 | Temusin (Daemusin) (Muxyul) | 18—44 |
4 | Mindjun (Xesekchu) | 44—48 |
5 | Mobon (Xeu, (Xe) Eru, U, Manne) | 48—53 |
Buyuk imperator yoʻnalishi | ||
6 | Txedjoxo (Kun, Osu) | 53—146 |
7 | Chxatxe (Suson) | 146—165 |
8 | Sintxe (Pekko, Pekku) | 165—179 |
Xvando-Kukne yoʻnalishi | ||
9 | Kogukchxon (Nammu, IImo) | 179—197 |
10 | Sansan (Chonu, Vigun) | 197—227 |
11 | Tonchxon (Uvigo, Kyochxo) | 227—248 |
12 | Yonbul (Yonbul) | 248—270 |
13 | Sochxon (Yakro, Yagu) | 270—292 |
14 | Ponsan (Sanbu, Sapsiru) | 292—300 |
15 | Michxon (Ibul, Ubul) | 300—331 |
16 | Kogugvon (Sayu, Yu, Sve) | 331—371 |
17 | Sosurim (Kubu) | 371—384 |
18 | Kogugyan (Iryon, Odjidji) | 384—391 |
19 | Kvangetxo Buyuk (Tamdok, An) | 391—413 |
Pxenyan yoʻnalishi | ||
20 | Chansuxo (Jansu) (Koryon, Koryon) | 413—491 |
21 | Mundjamyon (Naun, Koun) | 491—519 |
22 | Andjan (Xinan, Koan) | 519—531 |
23 | Anvon (Podjon, Kodjon) | 531—545 |
24 | Yanvon de joyonk (Pxyonson) | 545—559 |
25 | Pxyonvon (Yanson, Txan, Koyan) | 559—590 |
26 | Yonyanxo (Kovon, Tevon) | 590—618 |
27 | Yonnyu (Kokonmu, Son, Komu) | 618—642 |
28 | Podjan (Bodjan) (Kodjan, Podjan) | 642—668 |
Manbalar
tahrir- OʻzMe 1-12 jild. T.:2000-2005
- 7-sinf jahon tarixi. T.Salimov, S.Mahkamov.2013
- Darveshlar qirolligi yoxud Afsonalar yurti tarixi. S.Bekchanov, N.Ollaberganov.2014
Havolalar
tahrir- tarix.uz (Wayback Machine saytida 2016-01-11 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |