Kolchedanlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kolchedanlar (Kichik Osiyo yarim oroldagi joy nomidan) — rudali minerallar: temir, mis, kobalt, nikel va boshqalarning oltingugurtli (sulfidli), bisulfidli, kam hollarda monosulfidli birikmalarining umumiy nomi. K.ning koʻp tarqalgan turlari — oltingugurtli kolchedan — FeS2 (pirit), mis kolchedani — CuFeS2 (xalkopirit) va boshqa K. qattiq, metalldek yaltiroq, murakkab kompleksli rudadir. Pirit tarkibida 53,4% oltingugurt, 46,6% temir mavjud. K. konlari turli geologik jarayonlar, mas, magmaning kristallanishida (mis-nikelli kolchedan) va skarnlarnsng paydo boʻlishida (mis, oltin kolchedani) hosil boʻladi. K. vulkan mintaqalari orasida uzunligi bir necha ming km li uyumlar hosil qiladi. Vulkan otilishidan chiqqan eritmalar katta miqdorda metallarni olib chiqadi, ular oltingugurt bugʻlari bilan birikib sulfidli K. konlarini hosil qiladi. Kolchedan konlari dunyo boʻyicha keng tarqalgan. Oʻzbekistonda (Olmaliq) polimetall, qoʻrgʻoshin, mis-rux va boshqa kolchedan konlari bor. K. metallurgiya sanoati uchun muhim ahamiyatga ega. Piritdan, asosan, oltingugurt kombinatasi olishda foydalaniladi. Shuningdek, uni qayta ishlash natijasida olinadigan oltin, kumush, nikel, kobalt, vismut va boshqa qimmatbaho metallarning konsentratori ham hisoblanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |