Kolibrilar
Kolibrilar (Trochili) — uzunqanotlilar turkumining kenja turkumi. 319 turni birlashtiradi. Asosan, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim turlari Shimoliy Amerikada tarqalgan. Qushlar orasida eng kichigi, baʼzilarining kattaligi qovogʻaridek keladi. Ogʻirligi 7,8 g. Tashqi koʻrinishi har xil, patlari rang-barang. Tumshugi uzun va ingichka, toʻgʻri yoki bir oz qayrilgan. Juda tez uchadi, qanotini tez qoqib, havoda muallaq tura oladi. Togʻ, tekislik, oʻrmon, bogʻ va choʻllarda yashaydi. Koʻp vaqtini havoda oʻtkazadi. Yerda yurolmaydi. Vazni 0,2 g lik 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 14—19 kun bosadi. Bolasi bir oyda uchirma boʻladi. Kolibrilar, gul nektari, qisman mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]
Kolibrilar | |
---|---|
Toʻrt kolibri (Trinidad va Tobago) | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Uzunqanotlilar |
Binar nomi | |
(Vigors, 1825-yil) | |
Ostoilalar | |
†Eurotrochilus |
Galereya
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrirWikimedia Commonsda Trochilidae mavzusiga oid fayllar bor. |
- Kolibrilar — fotolar, videolar, maqolalar va koʻp soʻraladigan savollar (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |