Kolima (Meksika)
Kolima — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilining janubi-gʻarbida. Mayd 5,5 ming km² (Revilya-Xixedo orollari bilan birga). Aholisi 540,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kolima shahri Relyefi tepalik va togʻlardan iborat (balandligi 1000 m gacha). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Kambar sohilboʻyi qismida tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yiliga 700–900 mm, togʻlarda 1300 mm gacha yogʻin yogʻadi. Kolima — mamlakatning qoloqshtatlaridan. Iktisodiy faol aholining 3/5 qismi qishloq xoʻjaligida band. Armeriya daryosi havzasida meva, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki ekiladi. Oziq-ovqat, tamaki, koʻn poyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy transport vositasi temir yoʻl boʻlib, Mansanilo yirik portini Mexiko bilan bogʻlaydi.[1]
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 10 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Kolima | ||
Yirik shahari | Mansanilo | ||
Asos solingan sanasi | 5-fevral 1857 | ||
Gubernator | Mario Angiano Moreno (Mario Anguiano Moreno), PRI с 01.11.2009 | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 650 555 | ||
Zichligi | 119,26 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, oqlar, afro-meksikaliklar. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (93 %), protestantlar va evangellar (2,9 %), boshqa nasroniylar(1,4 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (1,8 %). | ||
Maydoni | 5 455 km² (29-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
3860 m | ||
Kengligi | 19º 31' — 18º 41' N | ||
Uzunligi | 103º 29' — 104º 41' E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-COL | ||
Pochta indeksi | Col. | ||
Rasmiy sayti | http://www.colima-estado.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
19°05′48″N 103°57′39″W / 19.09667°N 103.96083°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |