Komi-permyak tili - komi permyaklar tili. Fin-ugor tillarining Perm guruhiga mansub. Unda 116 mingdan ortiq kishi gaplashadi (1979-yildagi aholi roʻyxati boʻyicha). Komi-permyak tili komi tiliga yaqin. Asosiy belgilari: unli va undosh tovushlarning qoʻshilishidan qochish, tovushlarga qoʻshni tovushlarning taʼsiri kam boʻladi. Otga son va kelishik kategoriyalari xos. Yozuvi 14-asrda paydo boʻlgan. Adabiy tili hozirgi zamonga kelib uzil-kesil shakllandi. Yozuvi rus alifbosi asosida.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Komi-permyak tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil