Komi-permyaklar muxtor okrugi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Komi-permyaklar muxtor okrugi — Rossiya Federatsiyasida eng birinchi tuzilgan muxtor okrug, Perm viloyati tarkibida. 1925-yil 26-fevralda tashqil qilingan. Maydoni 32,9 ming km². Aholisi 151,6 ming kishi (2000). Shundan shahar aholisi 28% ni tashqil etadi. Asosan, komi-permyaklar, ruslar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Okrugda 1 shahar (Kudimkar), 3 shaharcha bor. Markazi Kudimkar shahri Uraloldi hududida, Kama daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi past-baland tekislik, shim.da Shim.
Uvallar, gʻarbida Yuqori Kama qirlari bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —15° dan —17° gacha, iyulniki 17—18°. Yillik yogʻin miqdori 500 mm. Hududining 80% oʻrmon. Oʻrmon va yogʻochsozlik, oʻrmon kimyosi, metallsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoati rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Qora bugʻdoy, suli, bahorikor bugʻdoy ekiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Kama daryosida kemalar qatnaydi. Teatr, muzey bor.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |