Komil Xorazmiy uy-muzeyi
Komil Xorazmiy uy muzeyi – Xorazm viloyati Xiva shahrida Komil Xorazmiy qorixonasi ichida joylashgan. Komil Xorazmiy oʻzi uchun qabri ustiga bitta daxliz va ikkita xonadan iborat bino qurdiradi. Komil Xorazmiy Xiva xonligida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan[1]. Muzey pahlavon mahmud maqbarasining gʻarbiy qismida joylashgan. Qurilishga Komil Xorazmiy boshchilik qilgan boʻlib, bino ichidagi qorixonada qorilar Qur’on tilovat qilgan. Qorilarga Komil Xorazmiy oʻz mablagʻlari hisobidan oylik ajratgan. Hozirda Komil Xorazmiy qurdirgan bino saqlanib qolgan va uning farzandlari tomonidan „Mirzaboshi“ mehmonxonasiga aylantirilib sayyohlar uchun xizmat qilmoqda[2].
Komil Xorazmiy uy muzeyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Muzey |
Manzili | Komil Xorazmiy qorixonasi |
Shahar | Xiva |
Mamlakat | O'zbekiston |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Komil Xorazmiy
tahrirAsl ismi Pahlavon Abdulla oxund boʻlgan Komil Xorazmiy shoir, tarjimon, sozanda, bastakor, xattotlik bilan shugʻullangan. 1856-1865 yillarda xiva xoni Said Muhammadxon davrida xattotlik bilan shugʻullanadi. Pahlavon Abdulla oxund 1865-yildan boshlab, Muhammad Rahimxon II davrida mirzaboshilik qila boshlagan. Komil Xorazmiy 1883-yilda Rossiyaga boradi va bu yerdagi xalq hayoti va madaniyati haqida oʻrganadi. 1891-yilda Komil Xorazmiy Toshkentdagi Laxtin tipolitografiyasida boʻladi va bu yerdagi ishlar bilan tanishadi. Pahlavon Abdulla oxund Muhammad Rahimxon II buyrugʻi bilan musiqa sohasida koʻplab yangilik va ixtirolar qildi. Komil Xorazmiy „Tanbur chizigʻi“ (nota) ni ixtiro qildi. Komil Xorazmiyning asarlari bizga qoʻlyozma yoki toshbosma shaklida yetib kelgan. Pahlavon Abdulla oxundning dastlabki devonining nashri 1881-yilda Xiva toshbosmasida bosilgan. Komil Xorazmiy ona tomondan Xoʻjash Maxram va Pahlavonniyoz xonadoni bilan aloqadorli aytiladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Xiva dunyodagi eng koʻhna qal’a. Komiljon Xudoyberganov. Toshkent. 2012.
- ↑ https://khivamuseum.uz/uz/komil-xorazmiy-uy-muzeyii
- ↑ https://www.sayyoh.com/diqqatga-sazovor-joylar/xiva-komil-xorazmiy-uy-muzeyi/