Xosiyat Komilova
(Komilova Xosiyat Komilovnadan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Xosiyat Komilovna Komilova (1912.25.4, Qoʻqon - 1961.27.12, Toshkent) — tilshunos olima. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), filologiya fanlari nomzodi (1944), hozirgi SamDUning filologiya fakultetini tugatgan (1935). Buxoro pedagogika institutida kafedra mudiri (1935—39), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1944—61). K. oʻzbek tilining orfografiyasi, morfologiya va sintaksisi sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan ("Oʻzbek tilida tushum kelishigi vazifalari" va boshqalar). U yirik mutaxassis olimlar tomonidan tayyorlanib nashr etilgan "Hozirgi zamon oʻzbek tili" (leksikologiya, fonetika va morfologiya) nomli monografik asar hammuallifi.
Manbalar
tahrir- Son va olmosh, T., 1953; Gapda soʻzlarning bogʻlanishi, T., 1955.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |