Komitas
Komitas (taxallusi; aslida Sogomon Gevorkovich Sogomonyan) [1869.26.9 (8.10), Turkiya, Kutina qishlogʻi — 1935.22.10, Parij, Yerevanda dafn etilgan] — arman kompozitori, xor dirijyori, folklorshunos. Arman musiqa etnografiyasi va koʻp ovozli xor musiqasining asoschisi. Echmiadzin diniy akademiyasini (1893), Berlin konservatoriyasi hamda universitetini (1899) tugatgan. Echmiadzinda musiqa sinflari va xor rahbari (1899-yildan). 1910-yildan Istanbulda, 1918-yildan Parijda yashab ijod qilgan. 1916-yildan ogʻir ruhiy kasallikka uchragan. 3000 dan ortiq xalq qoʻshiqlarini toʻplab, ayrimlarini xor, koʻproq esa ovoz va fortepiano uchun qayta ishlagan; arman, kurd, turk va boshqa xalq qoʻshiumrini ilmiy tadqiq etgan. Komitas ijodiy faoliyati va avvalambor polifonik xor asarlari milliy kompozitorlik maktabi, shu bilan birga Sharq (xususan, oʻzbek) xor musiqasi shakllanishiga katta taʼsir oʻtkazgan. Armaniston davlat filarmoniyasi qoshidagi kvartet, Yerevan konservatoriyasiga Komitas nomi berilgan. 1969-yildan 12 jildli mukammal merosi nashr etila boshlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |