Komoro (yaponcha: 小諸市 Komoro-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharda 18776 ta xonadonda 42 489 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 430 kishidan toʻgʻri keladi. Uning umumiy maydoni 98,55 kvadrat kilometr (38,05 mi²) ga teng.

Komoro

小諸市
Shahar
Skyline of Komoro
Komoro
Bayroq
Komoro
Gerb
36°19′39″N 138°25′33″E / 36.32750°N 138.42583°E / 36.32750; 138.42583
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 98.55 km2 (38.05 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil mart)
42 489
Zichligi 430 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0267-22-1700
Komoro xaritada
Komoro
Komoro
Komoro qal’asi darvozasi

Geografiyasi

tahrir

Komoro sharqiy Nagano prefekturasi hududida joylashgan. Chikuma daryosi shaharning janubiy va gʻarbiy qismidan oqib oʻtadi. Baʼzi soʻngan vulqon togʻlari Komoro va qoʻshni Tsumagoi shahri oʻrtasida qad rostlagan. Komoroning eng baland nuqtasi Kurofu togʻi (ja) hisoblanadi. Uning choʻqqisi dengiz sathidan 2,404 metr (7,887 ft) balandlikda joylashgan. Eng past nuqtasi esa dengiz sathidan 540 metr (1,770 ft) baladlikka ega. Eski shahar markazi taxminan 700 metr (2,300 ft) balandlikda oʻrnashgan. Togʻ yonbagʻirlari koʻp, shuning uchun Komoro „tepalikli shahar“ nomi bilan ham mashhur.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Komoro dengizdan uzoqda va togʻlar bilan oʻralgan hududda joylashgan, shuning uchun yogʻingarchilik kamroq va kunlik harorat oraligʻi Yaponiyaning koʻp joylariga qaraganda yuqoriroq hamda Komoroning oʻrtacha yillik harorati baland boʻlganligi sababli havo nisbatan iliqroq boʻladi[2]. Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Komoroda oʻrtacha yillik harorat 10,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1108 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,7 °C atrofida boʻladi[3].

Tarixi

tahrir

Tarixiy Komoro

tahrir

Hozirgi Komoro hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Milliy marshrutlardan biri boʻlgan Tosandō Komorodan oʻtgan, u Umaya (ján) yoki hukumat amaldorlari va armiya uchun pochta stansiyasi joylashgan. Biroq, „Komoro“ nomi yozma tarixda birinchi marta Kamakura davri xronikasi Azuma Kagamida uchraydi. Shu kunlarda syogunat tomonidan hududni boshqarish uchun tayinlangan gokenin Komoro Taro Mitsukan Muromachi davrida mintaqa Ogasavara Oi sulolasining nazorati ostiga oʻtgan. Sengoku davrida hudud juda notinch tarixga ega boʻlgan. Edo davrida hududning katta qismi Tokugava syogunatiga qarashli Komoro domenining nazorati ostida boʻlgan va shahar Komoro qal’asi atrofida jokamachiga aylantirilgan.

Meiji davri va undan keyin

tahrir

Zamonaviy Komoro shahri 1889-yil 1-aprelda Meiji davri munitsipalitetlari tizimining tashkil etilishi bilan bunyod etilgan. Komoro shahri 1954-yil 1-fevralda Kavabe, Kitaoi va Osato qishloqlarini (barchasi Kitasaku tumanidan) oʻziga qoʻshib oldi. Komoro shahri 1954-yil 1-aprelda Minamioi va Mitsuoka qishloqlarini (ikkalasi ham Kitasaku tumanidan) oʻzlashtirgandan soʻng tashkil etilgan. 1959-yil 1-aprelda Tobu shahrining bir qismi (hozirgi Tomi shahrining bir qismi) Komoroga birlashtirildi va shu vaqtdan buyon shahar hududi oʻzgartilmadi.

Demografiyasi

tahrir

Yaponiyaning aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Komoro aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shundan beri bir oz kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194029,706—    
195037,701+26.9%
196039,283+4.2%
197039,093−0.5%
198042,355+8.3%
199044,888+6.0%
200046,158+2.8%
201044,012−4.6%
202040,991−6.9%

Hukumat

tahrir

Komoro shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 19 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud.

Iqtisodiyoti

tahrir

Komoro mintaqaviy savdo markazi boʻlib, asosan guruch, sabzavot va meva yetishtirishga asoslangan qishloq xoʻjaligiga tarmogʻiga ega[5]. Komoroda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari orasidan kartoshka, soba, olma va shaftoli kabilar ayniqsa mashhur. Komoroda koʻplab soba restoranlari va olma bogʻlari bor, shuning uchun u yerga Shutokendan koʻplab mehmonlar tashrif buyurishadi. Komoro, shuningdek, ham bilan mashhur.

Taʼlim tizimi

tahrir

Komoroda oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi ham mavjud.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Magistral yoʻl

tahrir
  •   Joshin-etsu tezkor yoʻli
  •   Chubu-Odan tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 18
  • Milliy yoʻnalish 141
  • Milliy yoʻnalish 142
  • Milliy yoʻnalish 403

Qardosh shahar munosabatlari

tahrir

Komoro bilan birodarlashgan shaharlar : 

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Kaikoen, Komoro markazidagi park, Komoro qal’asi poydevori, shuningdek, Shimazaki Tosonga bagʻishlangan muzey (pastga qarang) va hayvonot bogʻi (ja). Qal’aning uchinchi darvozasi (Sanʼnomon) va toʻrtinchi darvoza (Otemon) Kyu Komoro Honjin (ja) kabi Yaponiyaning muhim madaniy xususiyatlaridan hisoblanadi. Kaikoen olcha gullari bilan mashhur va Yaponiyadagi 100 ta gilos gullarini koʻrish manzilgohlaridan biri sifatida tanlangan (ja).
  • Nunobikisan Shakuson-ji (Nunobiki-Kanʼnon) (ja), chuqur jarning tepasida joylashgan eramizning 748-yiliga (Nara davri) oid buddistlar ibodatxonasi. Kanʼnondo Kūden — saqlanib qolgan eng qadimgi bino 1252-yilda qurilgan va muhim madaniy mulk hisoblanadi[6]. Aprel oyida Shidare zakura (ja) ni ham koʻrish mumkin[7].
  • Takamine (ja), faol vulqon yaqinidagi Asama togʻi va Kurofu togʻida Komorodan tepaga 30 daqiqalik masofada sayohat qilish manzilgohi hisoblanadi. Shuningdek, qishda changʻi sportidan bahramand boʻlish uchun koʻplab sayyohlar tashrif buyurishadi va u yerda barcha fasllarda Onsen bulogʻi faol ishlab turadi.
  • Teranuchi tosh davri xarobalari, Jomon davriga oid turar-joy izlari boʻlib, milliy tarixiy joy hisoblanadi

Taniqli shaxslar

tahrir
  • Tōson Shimazaki, shoir va yozuvchi. Toson bir muddat Komoroda dars bergan. Komoroning Kaikoen bogʻida shoirning maxsus uy-muzeyi joylashgan.
  • Sodo Yokoyama (Wayback Machine saytida 2021-11-03 sanasida arxivlangan), 1980-yilgacha Komorodagi Kaikoen bogʻida zohid boʻlib yashagan nay ustasi. Yokoyama Komoroda yashovchi shoir va yozuvchi Shimazaki Tosondan ilhomlangan. Yokoyama haqidagi shaxsiy xotiralar uchun Artur Bravermanning maqolasiga (Wayback Machine saytida 2021-11-03 sanasida arxivlangan) qarang.
  • Shuichi Abe, Nagano prefekturasining hozirgi gubernatori. U oilasi bilan 2014-yildan beri Komoroda istiqomat qiladi[8].
  • Kuniaki Kobayashi, AJPW va NJPW uchun oʻynovchi yaponiyalik professional kurashchi. U Naganoning Komoro shahrida tugʻilib oʻsgan.

Galereya

tahrir
Teishajō bogʻi
Komorodagi hayvonot bogʻi
San-no-mon qasri
Shimadaya
Tei manzarali bogʻi

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir