Komplementarlik (lot. sotplementum — toʻldiruvchi), molekulyar biologiyada — bir-birini toʻldiruvchi tuzilma (makromolekula, radikal)larning bogʻlanishini taʼminlovchi va ularning kimyoviy xususiyatlarini aniqlovchi oʻzaro muvofiqlik. Komplementar tuzilmalarning mustahkamligi va noyobligi yuqori darajada tanlash va atom guruhlari yoki zaryadlarning oʻzaro taʼsir koʻrsatish maydonining miqyosi bilan aniqlanadi. Bu jarayon "qulf-kalit" tamoyili asosida amal qiladi. Antigen—antitelo, ferment — substrat, nuklein kislotalarning ikkilamchi tuzilmasi shular jumlasiga kiradi. Nuklein kislotalar zanjirining komplementarligi ular tarkibiga kiradigan azot asoslarining oʻzaro taʼsiri bilan aniqlanadi. Mas, bir zanjirdagi adenin (A) qarshisida ikkinchi zanjirda timin (T) yoki uratsil (U), guanin (G) qarshisida esa sitozin (S) boʻlgandagina har ikkala zanjir oʻrtasida vodorod bogʻlar hosil boʻladi. K. irsiy belgilarning saqlanishi va nasldan-naslga oʻzatilishida yagona vosita va universal mexanizm boʻlishi taxmin qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil