Kompot
Kompot (fr.dan fransuzcha: compote nemischa: Kompott ) — yangi, konservalangan, quritilgan yoki muzlatilgan mevalardan turli xil aralashma holatida yoki bitta turdan tayyorlanadigan salqin shirinlik[1]. Maceduan ham kompotning bir turi hisoblanadi[2].
Kompot uchun yangi va toʻliq pishgan mevalar ayni muddao boʻladi, uning xushboʻyligini taʼminlaydi. Tozalangan olma va nok oz miqdordagi shakar bilan alohida qaynatib olinadi, o‘rik, shaftoli va olxo‘rining danaklari chuqurchadan ajratib, ustidan qaynoq suv quyiladi. Kompotga tozalangan rezavorlar, aylana shaklida boʻlaklangan sitrus mevalar, qovun va tarvuz boʻlaklari termik ishlov berilmagan holda qoʻshiladi[1][3]. Kompotda mevalarning xushboʻyligini saqlab qolish uchun ziravorlar ishlatilmaydi. Aralashtirilgan meva hamda rezavorlar ustidan odatda limon yoki apelsin sedrasi qoʻshib tayyorlangan, sovutilgan shaffof sirop quyiladi. Kompot tindirilgandan soʻng sovuq holatdakremanka idishlarida stolga tortiladi, undan avval esa ustidan sirop quyiladi. „Sirop ichidagi mevalar“ ham kompotga oʻxshash shirinlik boʻlib, suvda qaynatilmaydi, ammo shakar siropi orqali termik ishlov beriladi[2][3]. Konservalangan mevalar stolga tortilayotgan vaqtda ustidan shaffof shakar siropi quyiladi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Абатуров П. В., Цыплёнков Н. П. „Компоты“, . Сладкие блюда, напитки, 2-е 200000 экз, М.: Госторгиздат, 1959 — 31—40-bet.
- Ануфриев В. М., Никашин Ф. П., Скрипкин Г. М. „Компоты“, . Основы кулинарии, 5000 экз, М.: Госторгиздат, 1941 — 311—312-bet.
- Маслов Л. А. „Компоты (из свежих, консервированных или сушёных фруктов)“, . Кулинария, 4-е 200000 экз, М.: Госторгиздат, 1958 — 243—244-bet.
- Poxlyobkin V. V. Kompot // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 162—163. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
- Ratushniy A. S. Kompoti // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 183. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
- Kompot // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 129. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.
- „Компоты“, Книга о вкусной и здоровой пище, 500000 экз, М.: Пищепромиздат, 1954 — 308—311-bet.
- Charles Sinclair. compote // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 147. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.