Kondensatsiya gaz holatidagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga o'tishi. Kondensatsiya — bug'lanishning aksi. Kondensatsiya muayyan modda uchun kritik temperaturadan past temperaturadagina sodir boʻladi. Kritik nuqta bilan uchlama nuqta orasidagi temperaturaviy oralikda modda suyuq holatga, yanada pastroq temperaturalarda esa kristall holatga oʻtadi. Suyuq yoki kristall holatlar orasida muvozanatli Kondensatsiya yuz berib, gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga miqdorda issiqlik ajraladi. Bu issiqlik moddaning shu temperatura va bosimda bugʻlanishiga sarflangan issiqlikka teng. Kondensatsiyaning solishtirma issikligi solishtirma bugʻlanish issikligiga teng. Bugʻlanish va Kondensatsiya bir vaqtda roʻy beradi. [1]

Yana qara

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil