Konfliktalogiya
Konfliktologiya — konfliktlarning kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini oʻrganuvchi fan boʻlib, u lotincha „conflictus“ — toʻqnashuv, „logiya“ — taʼlimot soʻzlaridan olingan. Konfliktologiya har qanday darajadagi konfliktlarning kelib chiqishi, paydo boʻlishi, rivojlanishi, hal qilinishi va yakunlanishi qonuniyatlarini oʻrganadigan fanlararo soha. Konfliktologiya falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tarix, huquq, etika, iqtisod, menejment va boshqa bir qator fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanadi. Tadqiqotning yoʻnalishiga qarab, konflikt ijtimoiy dialektikaning koʻrinishi, ijtimoiy tizim va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi omili, ijtimoiy qarama-qarshiliklar sifatida oʻrganiladi. Odamlarning psixikasi va ongidagi kelishmovchiliklarni oʻrganadi[1].
Konfliktning paydo boʻlishiga olib keladigan muayyan doiradagi muammolarni hal qilish konfliktning mohiyatini, konfliktologiya ob’yekti va predmetini aniqlash bilan bogʻliq holda allaqachon paydo boʻlgan qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Konfliktologiya, yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy oʻziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari koʻpchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni oʻrganish jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy toʻqnashuvlarning oldini olishga koʻmak beradi. Konfliktning oʻzaro taʼsir sub’yekti — alohida odam, odamlar guruhi va odamlar jamoasi hisoblanadi[1].
Konflikt
tahrirKonflikt bu — odamlarning urishishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan toʻqnashishi, soʻz aytishish, birovlarni ayblash, soʻkinish, gʻazablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urib-turtish, doʻq qilish, qoʻrqitishga urinish, u qilaman, bu qilaman deb, ularga tahdid qilish, piching bilan gapirish, toʻgʻri soʻzlar mazmunini buzib talqin qilish, birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zoʻravonlik oʻtkazish, zoʻrlash, shantaj, birovlarni oyogʻidan chalish, kamsitish, odamlar ustidan kulish, guruh-guruh boʻlib, birovlarni yakkalab qoʻyish, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos, birovlarni mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, oʻzini boshqalardan ustun qoʻyish, kek saqlash, nafsoniyatga tegadigan amallar va soʻzlar ishlatish, birovning har bir soʻzi va amalidan yomonlik qidirish va boshqa shunga oʻxshash vaziyatlarni taʼkidlab aytishadi. Mana shu insonlararo munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida konfliktlarning turli koʻrinishlari, odamlar oʻrtasidagi ziddiyatlarning turli namoyon boʻlish holatlariga kiradi[2].
Ijtimoiy yoki sotsial konflikt
tahrirIjtimoiy yoki sotsial konflikt — bu:
1) Ochiq qarama-qarshilik, ikki yo undan ortiq sub’yektlar — sotsial oʻzaro taʼsir ishtirokchilarining toʻqnashuvi boʻlib, buning sabablari sotsial konflikt ishtirokchilarining oʻzaro zid manfaatlari va qadriyatlaridir;
2) Sotsial ziddiyatlarning oʻta keskinlashgan holati, turli sotsial birliklar — sinflar, millatlar, davlatlar, turli sotsial guruhlar, sotsial institut kabilar manfaatlari, maqsadlari, taraqqiyot tendensiyalarining qarama-qarshiligi yoki jiddiy farq qilishi tufayli kelib chiqadi;
3) Sotsial sub’ektlarning ob’ektiv ravishda farqlangan manfaatlari, maqsadlari, taraqqiyot tendensiyalarining ochiq-oydin yoki yashirin kurashlari toʻqnash kelishi, sotsial kuchlarning mavjud ijtimoiy tartibga qarshilik koʻrsatish asnosida bevosita yoki bilvosita toʻqnashuvi;
4) Konfliktning oʻzaro taʼsir sub’yektlari oʻzaro zid boʻlgan yoki bir-birini istisno etadigan qandaydir oʻz maqsadlarini koʻzlagan vaziyat. Ijtimoiy konfliktlar konfliktologiyaning markaziy ob’yekti yaʼni yadrosi hisoblanib, u esa shaxslararo konfliktlar hisoblanadi[3].
Ijtimoiy yoki sotsial konflikt sabablari:
1) moddiy resurslar;
2) oʻta muhim hayotiy koʻrsatmalar;
3) hokimiyat vakolatlari;
4) ijtimoiy yoki sotsial tuzilmadagi maqom-vazifaga oid farqlar;
5) shaxsga doir (emotsional-psixologik) farqlar va h.k[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Konflektalogiya. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „Konflikt haqida“. Qomus.info. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „Konflikt haqida“. Qomus.info. Qaraldi: 2024-yil 19-may.