Konovalov qonunlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Konovalov qonunlari - muvozanat holatidagi ikki komponentli sistemaning suyuq va bugʻ fazalar tarkibining temperatura yoki bosim oʻzgarishiga bogʻlikligini ifodalaydigan 3 qonun. 1-qonun — oʻzgarmas temperaturada (T-const) bugʻ tarkibida eritmadagiga qaraganda koʻproq (yoki ozroq) miqdorda boʻlgan komponentning konsentratsiyasi ortganda eritmaning bugʻ bosimi ham ortadi (yoki kamayadi). 2-qonun — oʻzgarmas temperaturada muvozanat bosimining eritma tarkibiga yoki oʻzgarmas bosimda (P-const) qaynash temperaturasi (kondensatsiya)ning konsentratsiyaga chiziqli bogʻliqligining ekstremum nuqtasida muvozanatda boʻlgan suyuqlik va bugʻ tarkiblari mos keladi. 3-qonun — oʻzgarmas temperatura va bosimda suyuq eritma bilan bugʻ tarkibi bir yoʻnalishda oʻzgaradi. Konovalov qonunlari suyuq va bugʻ fazalaridan iborat ikki komponentli sistemalar uchun 1881—84 yillarda D. P. Konovalov tomonidan nazariy asoslangan va amaliy tasdiqlangan. 1876—78 yillarda J. U. Gibbs bu qonunlarni umumlashtirgan holda keltirib chiqargan. Konovalovning 2- qonuni koʻpincha Gibbs-Konovalov qonuni deb ataladi; uni koʻp komponentli sistemalarga ham tatbiq etish mumkin. Konovalov qonunlari fazalar muvozanati diagrammalarini tuzishda, suyuqlik — bugʻ muvozanati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni amaliy jihatdan tahlil qilishda, moddalarni rektifikatsiya yoʻli bilan ajratish usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |