Konseptualizm
Konseptualizm (lotincha conceptus - tushuncha, tasavvur, fikr) — oʻrta asrlar Yevropa falsafasidagi oqim. Unga koʻra, universaliylar (umumiy tushunchalar) inson tafakkuridan tashqarida real mavjud emas. Universaliylar masalasida oʻrta asr realizmi bilan nominalizm oʻrtasida oraliq oʻrinni egallagan. Biroq, umumiy tushunchalarni aqlning tajribagacha boʻlgan tushuncha (konsept)lari deb talqin qilib realizmga yon bosadi. Vakillari: P. Abelyar, solsberilik Ioann (1115/1120 — 1180), porretanlik Jilber (1076— 1154).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |