Konstantin: Zulmat hukmdori
"Konstantin: Zulmat hukmdori" (inglizcha: Constantine) – rejissyor Frensis Lourens tomonidan suratga olingan, Hellblazer komikslari seriyasiga asoslangan superqahramon haqidagi filmi. Film premyera 2005-yil 8-fevralda boʻlib oʻtgan.
Konstantin: Zulmat hukmdori | |
---|---|
Constantine | |
Rejissyor(lar) | Francis Lawrence |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Kevin Brodbin |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) |
|
Operator(lar) | Philippe Rousselot |
Studiya(lar) | Warner Bros. Pictures |
Chiqarilgan sanasi | 7.2.2005 |
Davomiyligi | 121 minut |
Mamlakat | USA |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $70–100 million[1][2] |
Daromadi | $230.9 million |
Reklama shiori: „Jahannam uni xohlaydi. Osmon uni qabul qilmaydi. Yer esa unga muhtoj.“
2022-yil sentyabr oyida Warner Bros. filmning davomi suratga olinishini eʼlon qildi[3].
Syujeti
tahrirLos-Anjeleslik Jon Konstantin yoshligida oʻz joniga qasd qiladi. Klinik oʻlimi paytida Jon doʻzaxga borishga muvaffaq boʻladi va shundan soʻng iblislarga qarshi kurashishni boshlaydi va yillar davomida koʻplab odamlarni himoya qiladi. Koʻp chekishi tufayli Jonda o'pka saraton borligi aniqlanadi va tez orada oʻlishi ma'lum bo'ladi.
Politsiya detektivi Anjela Dodson oʻzining egizak singlisi Izabelning oʻlimi sababini bilish maqsadida ruhiy kasalliklar shifoxonasi boradi. Anjela singlisi oʻz joniga qasd qilishi mumkinligiga ishonmaydi va Konstantinning oldiga keladi; Konstantin avvaliga yordam bera olmasligini aytib Anjelani ortiga qaytarib yuboradi, lekin keyinroq yordam berishga qaror qiladi.
Jon dahshatli narsa yaqinlashayotganini his qiladi. Ma'lum bo'lishicha Lyutsiferning oʻgʻli Mammon sulhni buzib, yerda oʻz qirolligini yaratmoqchi, ammo buning uchun unga kuchli vosita kerak. Yarim iblis Baltazar, osmonga yuborilish tahdidi ostida, Mammon afsonaviy Taqdir nayzasini olgani haqida Jonga xabar beradi, bu Mammonga insonlar dunyosiga oʻtishi uchun kerak edi. Konstantin tergov qilayotganda, Anjela oʻgʻirlab ketiladi – Iblislar qizning tanasidan Mammonning „tugʻilishi“ marosimini oʻtkazishda foydalanishmoqdhi. Konstantin oʻzining yosh yordamchisi Chas Kramer bilan birga oʻgʻirlab ketilgan Anjela saqlanadigan kasalxonaga boradi. Iblislarni yoʻq qilgandan soʻng Mammonni Anjela tanasidan quvib chiqarishga harakat qiladi, ammo voqeaga Gabriel aralashadi va Chasni oʻldiradi. Keyin esa Anjelaning qornini taqdir nayzasi bilan yorib, Mammonni qoʻyib yuborish orqali marosimni yakunlashni rejalashtiradi. Ilojsiz qolgan Konstantin, ruhini olib ketish uchun Lyutsiferning shaxsan kelishini bilgan holda, tomirlarini kesib tashlaydi. Konstantin Lyutsiferga oʻgʻlining rejalari haqida xabar beradi; Jannat bilan kelishuvni buzishni istamay Gabrielni toʻxtatadi, o'g'li Mammonni esa doʻzaxga qaytarib tashlaydi va Gabrielning qanotlarini doʻzax olovi bilan kuydirib, yoʻq qiladi.
Lyutsifer Konstantinga uning oldida qarzdor ekani va shu sababdan uning hohlagan istagini bajarishni taklif qiladi. Jon Lyutsiferdan Izabelning ruhini Doʻzaxdan chiqarib, Jannatga qoʻyib yuborishini soʻraydi. Lyutsifer qizni qoʻyib yuborib, Konstantinni olib ketishga harakat qiladi, lekin Jon oʻzini qurbon qilib, gunohlaridan poklangani sabab buni qila olmaydi. Jonning ruhi Jannat nurlari tomon koʻtarila boshlaydi. Gʻazablangan Lyutsifer Jonni saraton kasalligidan davolab uni tiriltiradi – chunki, bu uning yana gunoh qilishi va doʻzaxga tushishi uchun yagona imkoniyat edi. Anjela oʻziga keladi va Gabriel oddiy ayolga aylanadi. Gabriel shahid boʻlib jannatga kirish uchun Konstantinni oʻldirishga undaydi, lekin Jon uning yuziga urish bilan kifoyalanadi va unga „Bu ogʻriq deb ataladi, endi koʻnik“ deb aytadi
Soʻnggi sahnada – Konstantin va Anjela osmonoʻpar binoning tomida uchrashadi. Konstantin Anjelaga taqdir nayzasini olib keladi va uni xavfsiz joyga yashirib qoʻyishini soʻraydi. Suhbat tugagach, chekmoqchi boʻlgandek odatdagi harakati bilan ichki choʻntagiga qoʻl choʻzadi, lekin bu safar bir quti sigaret oʻrniga saqich chiqaradi.
Titrlardan keyingi sahnada Konstantin Chasning qabrini ziyorat qiladi va „ Ajoyib ish qilding, bolakay“, deya sekin ortiga qaytadi. Orqadan qanotlarning shitirlashini eshitib, orqasiga oʻgiriladi va oq libosli va farishta qanotli Chasni koʻradi. Chas jilmayib, qanotlarini qoqadi va osmonga gʻoyib boʻladi.
Soundtrack
tahrir
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
1. | „Destiny“ | 2:00 |
2. | „The Cross Over“ | 2:42 |
3. | „Meet John Constantine“ | 2:39 |
4. | „Confession“ | 2:32 |
5. | „Deo et Patri“ | 1:16 |
6. | „Counterweight“ | 2:47 |
7. | „Into the Light“ | 2:54 |
8. | „I Left Her Alone“ | 1:40 |
9. | „Resurrection“ | 2:04 |
10. | „Circle of Hell“ | 5:38 |
11. | „Last Rites“ | 1:55 |
12. | „Encountering a Twin“ | 1:06 |
13. | „Flight to Ravenscar“ | 0:52 |
14. | „Humanity“ | 2:58 |
15. | „John“ | 1:31 |
16. | „Someone Was Here“ | 1:44 |
17. | „Hell Freeway“ | 2:43 |
18. | „Ether Surfing“ | 1:13 |
19. | „The Balance“ | 2:26 |
20. | „Absentee Landlords“ | 1:35 |
Jami davomiyligi: | 51:47 |
Davomi
tahrir2022-yilning sentabr oyida Warner Bros. „Konstantin“ filmining davomini ishlab chiqarishini eʼlon qildi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Keanu Reeves' Constantine Co-Star Confirms Sequel Is In Works“. fandomwire.com (2020-yil 13-noyabr). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
- ↑ „Constantine (2005)“. The Numbers. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ Mike Fleming Jr, Mike Fleming Jr. „Warner Bros Sets ‘Constantine’ Sequel; Keanu Reeves & Francis Lawrence To Reunite, Akiva Goldsman Scripting & Producing With Bad Robot’s JJ Abrams & Hannah Minghella“ (en). Deadline (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
- ↑ Fleming, Mike Jr. „Warner Bros Sets 'Constantine' Sequel; Keanu Reeves & Francis Lawrence To Reunite, Akiva Goldsman Scripting & Producing With Bad Robot's JJ Abrams & Hannah Minghella“ (en). Deadline Hollywood (2022-yil 16-sentyabr). 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.