Kontakt minerallari - ikki xil togʻ jinsining tutashgan (kontakt) zonasida hosil boʻlgan minerallar. Ular yer yuzasidan maʼlum chuqurlikda katta bosim va haroratda sovib qotayotgan magma bilan atrofidagi choʻkindi togʻ jinslarining oʻzaro reaksiyaga kirishishidan (mas, biotit, amfibollar, andaluzit, kordiyerit, kvars, kalsit, marmar va boshqalar) va magma qotgandan soʻng ajralib chiqadigan yuqori temperaturali bugʻ va gaz aralash suyuqliklardan ohaktosh bilan granitoidlar tutashgan joyda (mas, vollastonit, piroksen, granat, epidot, vezuvian, skapolit, amfibollar, flogopit, serpentin va boshqalar) hosil boʻladi. Kontakt minerallari Oʻzbekistonning Nurota (Qoʻytosh, L angar, Oqchob, Qoʻshrabot), Zirabuloq (Ingichka, Changalli, Qargʻali, Tim va boshqalar), Qoratepa (Ogʻaliq, Sazagʻon, Jom, Hasantepa, Qoratepa va boshqalar), Chatqol (Kumushkon, Surenota, Chimyon, Ustarasoy, Ixnach, Miskon va boshqalar), Koʻrama (Qoʻrgʻoshinkon, Noqpoy, Qatrangʻi), Boʻkantov (Saritov, Soutboy), Hisor (Yaxton) togʻlarida koʻp.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil