Kopengagen
Kopengagen (dancha: København) — Daniya poytaxti. Zelandiya o.ning sharqiy sohili va unga yondosh Amager o.da joylashgan. Aholisi 495,6 ming kishi (2000). K. atrofi va yoʻldosh shaharlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan — Katta K. shahar aglomeratsiyasini tashqil etadi. Shahar qoʻlyozmalarda dastlab 1043-yil tilga olingan. 1167-yilda u yerda qasr qurilgan. 1254-yildan shahar maqomini olgan, 1443-yildan qirol qarorgohi.
Kopengagen dancha: København | |
---|---|
| |
55°40′34″N 12°34′8″E / 55.67611°N 12.56889°E | |
Mamlakat | Daniya |
Asos solingan | 1167-yil |
Rasmiy til(lar)i | Dan tili |
Aholisi (2022) |
805 420[1] |
Zichligi | 4,500 kishi/km2 |
Telefon kodi | +45 |
Pochta indeks(lar)i | 1050–1778, 2100, 2150, 2200, 2300, 2400, 2450, 2500 |
|
K. — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Xalqaro transport yoʻllari tuguni. Eresunn boʻgʻozining gʻarbiy sohilidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t chamasida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻli va paromlar orqali Malme, Xelsingborg va Landskruna (Shvetsiya) hamda Varnemyunde (Germaniya) kabi shaharlar bilan bogʻlangan. Mamlakat sanoatining 1/4 qismi Kopengagen Sanoatining asosiy tarmogʻi —mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, priborsozlik, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, velosiped, mototsikl, soat, tibbiy soha uchun priborlar ishlab chiqarish, avtomobilsozlikdir. Shuningdek, kimyo, qogoz, sement, yengil sanoat, xususan, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Daniya Fanlar akademiyasi, universitet (1479), texnika oliy maktabi, texnologiya, farmatsevtika institutlari, Nafis sanʼat qirollik akademiyasi, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, koʻplab ilmiy muassasalar, muzeylar, botanika bogʻi, teatrlar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Kristiansborg saroyi, birja binosi, Sharlottenborg saroyi va boshqa saqlangan. Harbiy dengiz baʼzasi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „StatBank Denmark – data and statistics“. Statistics Denmark. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |