Korfarmon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Korfarmon — oʻtmishda oʻzbek anʼanaviy teatrining rahbari (rej.), boshqaruvchisi. U yetakchi aktyor ham hisoblangan. K., odatda, sanʼatkorlar yigʻinida saylangan va mehtarboshi (Qoʻqon xonligida), gʻolibboshi (Buxoro xonligida) tomonidan tasdiqgangan. k. tomosha maydoni, sharoiti va tomoshabinlarni hisobga olgan holda tomosha rejasini tuzgan, asbob-anjom hozirlagan. Teatr repertuarini boyitish, kulgihikoya, muqallid va hajviy oʻyinlarni xalqqa manzur etib koʻrsatishsa K.ning hizmati katta boʻlgan. 19-asrning yarmi va 20-asr boshida Zokir eshon (Qoʻqon), Toʻla mashara (Buxoro), Mizrob mashara (Shahrisabz) kabi K.lar oʻtgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov ham isteʼdodli K. boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |