„Korni“ (ruscha: Корни) — „Fabrika zvyozd“ isteʼdodlar shousining birinchi mavsumida gʻolib chiqqan rus pop-rok guruhi. Guruh prodyuseri va asosiy qoʻshiqlar muallifi Igor Matviyenko.

Korni

2022-yildagi „Korni“ guruhi
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Moskva
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 2002-yildan hozirgacha
Janr pop, pop-rok
Leybl Meynstrim Prodakshn
Tarkib

Aleksandr Berdnikov Aleksey Kabanov

Dmitriy Pakulichev
Sobiq aʼzolar

Pavel Artemyev (2002 — 2010)

Aleksandr Astashyonok (2002 — 2010)
Vebsayt mkorni.ru

Tarixi

tahrir

„Korni“ guruhi „Fabrika zvyozd“ musiqiy loyihasida tuzilgan va 2002-yil oxirida bu loyihaning gʻolibi boʻlgan rus pop-rok guruhi[1].

2003-yilda guruh Kanndagi „Eurobest“ xalqaro musiqa tanlovida Rossiya vakili sifatida ishtirok etib, Queen guruhining „We Will Rock You“ qoʻshigʻini kuylagan holda 6-oʻrinni egallagan. Shu yilning dekabrida „Na veka“ nomli debyut albomini chiqaradi, albomda uchta qoʻshigʻi „Ya teryayu korni“, „Plakala beryoza“, „Ti uznayesh yeyo“ joy olgan. Bu qoʻshiqlarga videokliplar ham olingan boʻlib, musiqiy telekanallarda koʻp namoyish etilgan.

2004-yil 8-iyulda „Korni“ Rossiya shaharlari boʻylab ilk gastrol safariga chiqadi, „S dnyom rojdeniya, Vika!“ qoʻshigʻi Rossiya radiostansiyalarida koʻp marta efirga qoʻyiladi.

2005-yil arafasida guruh „S novim godom, lyudi!“ qoʻshigʻiga videoklip chiqargan. 2005-yilning may oyida guruh „Dnevniki“ nomli ikkinchi albomining taqdimotini Moskvadagi 547-sonli maktabda oʻtkazadi. Shu yili bilan birga, guruh „25 etaj“ qoʻshigʻiga videoklip chiqargan. 2005-yil kuzida „Dnevniki“ albomi qayta chiqarilib, unga „Snova v shkolu“ bonus treki qoʻshiladi.

2006-yil aprel oyida guruh „Xochesh, ya tebe spoyu“ qoʻshigʻining videoklipini chiqaradi, oʻsha yilning may oyida chiqarilgan videoklipni ukrainalik yetakchi rejissyor Viktor Priduvalov Viktoriya Daynekoning „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ klipiga syujeti bilan bogʻlagan holda suratga olgan.

2006-yil avgust oyida guruh STS kanalida „Kadetstvoteleserialining saundtreki boʻlgan „Naperegonki s vetrom“ qoʻshigʻining videoklipini chiqaradi[2].

2007-yil boshida guruh „V ojidanii chuda“ filmining saundtreki boʻlgan „Zakrit glaza“ („K tebe“) qoʻshigʻini chiqarishdi. Yoz oxirida yana Viktor Priduvalov rejissyorligidagi „Yeye vezyot“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olinadi[3].

Ti uznayesh yeyo“ qoʻshigʻi TNT kanalidagi „Schastlivi vmeste“ serialida ijro etilishi uchun qayta ishlanadi. Qayta ishlangan matn seriya qahramonlariga bagʻishlangan boʻlib, matnda ularning xarakterli xususiyatlari qayd etilgan.

2008-yilda guruh Amerika Qoʻshma Shtatlariga gastrol safari uyushtirgan[4].

2009-yil iyun oyida guruh „Lepestok“ qoʻshigʻiga videoklip suratga oladi va „Nasha Masha i volshebniy orex“ filmi uchun „Nasha Masha“ saundtrekini chiqarishadi.

2010-yil aprel oyida guruh yangi yakkaxoni bilan „Ne mojet bit“ qoʻshigʻini yozishgan. 2010-yil iyun oyida Pavel Artemyev va Aleksandr Astashyonokning oʻz xohishiga koʻra guruhni tarki etishi sababli guruh Aleksandr Berdnikov, Aleksey Kabanov va Dmitriy Pakulichevdan iborat trioga aylandi.

2010-yil oxirida guruh „Eto ne spam“ qoʻshigʻini chiqarib, 2011-yil mart oyida „Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye“ loyihasida ishtirok etishadi. Unda loyihaning turli yillardagi ishtirokchilar oʻzaro bellashishgan. Loyihada „Korni“ guruhi prodyuser Igor Matviyenko jamoasiga qoʻshilgan.

„Korni“ guruhi toʻrtta „Oltin grammofon“ mukofotiga sazovor boʻlgan:

2004-yil — „S dnyom rojdeniya, Vika!“; 2005-yil — „25 etaj“; 2006-yil — „Ob etom ya budu krichat vsyu noch“; 2012-yil — „Prosto lyubov“ (Lyube, In2nation bilan birgalikda).

Guruh tarkibi

tahrir

Korni guruhining hozirgi tarkibi quyidagicha:

  • Aleksandr Berdnikov
  • Aleksey Kabanov
  • Dmitriy Pakulichev.
Davr Tarkib
2002—2010 Aleksandr Berdnikov Aleksey Kabanov Aleksandr Astashenok Pavel Artemyev
2010 Dmitriy Pakulichev
2010-yildan Dmitriy Pakulichev

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

tahrir

Qoʻshiqlari

tahrir
  • 2002 — „Ya teryayu korni“
  • 2003 — „Plakala beryoza“
  • 2003 — „Ti uznaesh eyo“
  • 2003 — „Dogonyay“
  • 2003 — „Tolko ya i ti“
  • 2003 — „Izo lda“
  • 2003 — „Naveka“
  • 2003 — „Devchonki, rokeri i odin DJ“
  • 2003 — „Kuda glaza glyadyat“
  • 2004 — „Zakrit glaza“ („K tebe“)
  • 2004 — „S dnyom rojdeniya, Vika!“
  • 2004 — „Eto ti obʼyavila voynu“
  • 2004 — „S Novim Godom, lyudi!“
  • 2005 — „25 etaj“
  • 2005 — „Snova v shkolu“
  • 2006 — „Xochesh ya tebe spoyu?“
  • 2006 — „Naperegonki s vetrom“ („Kadetstvo“ teleseriali)
  • 2007 — „Yey vezyot“
  • 2007 — „Stoy“
  • 2008 — „Pro tebya“
  • 2008 — „Glaza v glaza“ feat. Viktoriya Dayneko
  • 2009 — „Lepestok“
  • 2009 — „Nasha Masha“
  • 2009 — „Snegurochka“
  • 2010 — „Ne mojet bit“
  • 2010 — „Eto ne spam“
  • 2011 — „Mnogotochiye“ feat. Viktoriya Dayneko
  • 2012 — „Prosto lyubov“ feat. Lyube & In2nation
  • 2013 — „A eto ne dojd“
  • 2022 — „Ona ego prosit“
  • 2022 — „Sudbi ironiya“
  • 2023 — „Seluyu v nosik“

Videografiyasi

tahrir
Yil Klip Rejissyor Tarkib Albom
2003 „Ya teryayu korni“ Andrey Boltenko A. Astashyonok, P. Artemev, A. Kabanov, A. Berdnikov „Na veka“
„Plakala beryoza“ Dmitriy Zaxarov
„Ti uznaesh eyo“ Oleg Gusev
2004 „S dnyom rojdeniya, Vika!“ Roman Prigunov
„S Novim godom, lyudi!“ Dmitriy Zaxarov TVA
2005 „25-y etaj“ Gleb Orlov „Dnevniki“
„Snova v shkolu“ Dmitriy Zaxarov
„Xochesh, ya tebe spoyu“ Viktor Priduvalov TVA
2006 „Naperegonki s vetrom“ Pavel Ignatov OST „Kadetstvo“
2007 „Yey vezyot“ Viktor Priduvalov TVA
2008 „Glaza v glaza“ (feat. Viktoriya Dayneko) Yevgeniy Bedarev
2009 „Lepestok“ Mixail Segal
2010 „Ne mojet bit“ Leonid Zalesskiy A. Astashyonok, P. Artemev, A. Kabanov, A. Berdnikov, D. Pakulichev
2012 „Prosto lyubov“ (feat. Lyube & In2nation) Dmitriy Kiselyov A. Kabanov, A. Berdnikov, D. Pakulichev OST „Avgust. Vosmogo“
2018 "Ti Uznayesh Yeyo (Yego)" (feat. Mishel Petrovich) Aleksey Ishutin

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir