Korpus (harbiy ish)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Korpus (harbiy ishda) — turli davlatlarning quruqlikdagi qoʻshinlari va boshqa turdagi qurolli kuchlari tarkibidagi oliy taktik yoxud tezkor — taktik birlashma. K. bir qator Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiyada 18-asr boshida paydo boʻlgan; qoʻshin turlarining bir necha birlashma va qismlari, maxsus qoʻshinlar va boshqalardan tashqil topgan. Oʻqchi, otliq askarlar, mexanizatsiyalashtirilgan, tank, avia, havo desanti K.lari boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |