Korpuskulyar-toʻlqin dualizmi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Korpuskulyar-toʻlqin dualizmi — materiyaning har qanday mikroobʼyektlari (fotonlar, elektronlar, protonlar, atomlar va boshqalar) ham korpuskulyar (zarra), ham toʻlqin xususiyatlariga ega ekanligi haqidagi qoida. Zarraning trayektoriya boʻylab harakatlanishi tushunchasi bilan toʻlqinning tarqalish yoʻnalishi tushunchasi klassik (anʼanaviy) fizikada bir-biridan tamomila farq qiluvchi fizik jarayonlar hisoblanadi. Fotoeffekt, Kompton effekti va boshqa hodisalarda oʻtkazilgan tajriba natijalari oqimi — fotonlar xossalariga ham ega boʻlishini koʻrsatdi. Bu holda foton energiyasi Ye va impulsi r, yorugʻlik chastotasi v va toʻlqin uzunligi X ga quyidagi munosabatlar bilan bogʻlangan: E=hv, p=h/X (L-Plank doimiysi). Ikkinchi tomondan kristallarga toʻshayotgan elektronlar oqimining kristallardagi difraksiya hodisasini ularning toʻlqin xususiyatiga egaligi bilangina tushuntirish mumkin. Demak, mikroolamga xos muhim xususiyat ikki tomonlama xususiyatning K-t. d. mavjudligidir. Zarralar sochilishidagi difraksiya hodisasi zarralarning trayektoriya boʻylab harakatlanishi tushunchasiga zid boʻlib, toʻlqin xususiyatiga ega boʻlishini koʻrsatadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |