Korrida (ispancha corrida de toros — buqalarning chopishi) — ispan milliy tomoshasi. 11-asrdan maʼlum. Hozirgi sirk tomoshasi sifatida 18-asrda shakllangan. 12—14 kishi (torero)dan iborat guruh qatnashadi. K. davomida torerolar buqani yarqiragan lattalar bilan qoʻzgʻatadi, pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib gʻazablantiradi. Asosiy ijrochisi — matador (espada)ning buqa bilan jang oʻyini, odatda, hayvonning oʻldirilishi bilan tugʻallanadi. Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Fransiya, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlarida keng tarqalgan.[1]

Francisco de Goya, "La muerte del picador", 1793

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil