Korsika

Oʻrta yer dengizining shimoliy qismidagi orol

Korsika — Oʻrta dengizning shimolidagi qismidagi orol. Uzunligi 183 km, kengligi 85 km. Maydoni 8,7 ming km². Qirgʻoqlari gʻarbida tik va qoyali, kuchli parchalangan, qoʻltiq koʻp, sharqida tekis, past va kam parchalangan. Korsika, asosan, granit va gilli slanetslardan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 2710 m (MonSento choʻqqisi). Iqlimi oʻrta dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12—13°, iyulniki 24—26°, yillik yogʻin tekisliklarda 600 mm dan, togʻlarda 1200 mm gacha. Daryolari qisqa, yozda suvi kamayib, baʼzan qurib qoladi. Makvis va doim yashil butazorlar, dub, qaragʻay, qoraqaragʻay oʻrmonlari, togʻ tepalarida subalp va alp oʻtloqlari bor. Sohil va vodiylarda subtropik dehqonchilik qilinadi. Tokchilik, bogʻdorchilik rivojlangan, togʻ yon bagʻirlarida donli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, yilqi boqiladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Bosh shahri — Ayachcho. Qadimda Korsikada iberi va liguri qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 3-asrda Rim, milodiy 6—8 asrlarda Vizantiya, 9-asrda arablar egallagan. 11-asrda Piza, 1347—1764-yillarda Genuya, 1768-yildan Fransiya tarkibida. Korsikada Napoleon Bonapart tugʻilgan.[1]

Korsika
Geografiya
Maydoni 8680 km2
Dengiz sathidan balandligi m.
Eng baland nuqtasi Monte Cinto
Ma'muriyat
Davlat Fransiya
Mintaqa Metropolitan France
Demografiya
Aholisi 347 597
Qo'shimcha ma'lumot

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil