Koryaklar muxtor okrugi - RF Kamchatka viloyati tarkibidagi okrug. 1930-yil 10 dekabrda tashqil etilgan. Maydoni 301,5 ming km². Aholisi 29,3 ming kishi (2000). Koryak, chukcha, itelmen, rus, ukrain va boshqa millatlar vakillari yashaydi. Aholisining 37% shaharlarda istiqomat qiladi. Okrugda 5 shaharcha bor. Markazi Palana shaharchasi. Kamchatka yarim orolning shim.da va materikning unga yondosh bir qismida joylashgan. Oxota va Bering dengizlari oʻrab turadi. Relyefi togʻli (eng baland joyi 2562 m). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —24° dan —26° gacha, iyulniki 10—14°. Yillik yogʻin 300–700 mm. Okrug hududida koʻp yillik moʻzloq yerlar keng tarqalgan. Tuproqlari tundra, torfli-botqoq tuproklar. Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — baliq sanoati, bugʻuchilik. Darrandachilik, ovchilik ham rivojlangan. Qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Penjina daryosida kemalar qatnaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil