Kosmik chang
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kosmik chang — sayyoralararo va yulduzlararo fazodagi juda mayda qattik, zarralar. Mas, sayyoralararo fazodagi bir dona Kosmik chang massasi ~ 10 3—10 5 boʻlib, Quyosh sistemasidagi changlar miqdori 1019—1020 g ni tashkil etadi. Bu changlar ekliptika tekisligiga nisbatan konsentratsiyaga ega. Ularning miqdoriy zichligi Quyoshdan uzoqlashgan sari 1-3 qonun boʻyicha kamayib borib, 3 astronomik birlikdan boshlab kuzatilmaydi. Sayyoralararo muhitdagi Kosmik chang manbai kometalarning sekin-asta parchalanishi, shuningdek, kichik sayyoralar va meteor jismlarning boʻlinishi natijasidir. Ularning oʻlchami yulduzlararo muhitdagi chang oʻlchamidan ancha katta. Yulduzlararo muhitdagi Kosmik chang, asosan, sovuq yulduzlar atmosferasining yuqori qismida vujudga kelib, yulduz shamoli taʼsirida fazoga tarqaladi. Undan tashqari, yangi va oʻta yangi yulduzlar portlashi vaqtida ham maʼlum changlar hosil boʻladi. Bunday changlar tarkibi ular qaysi gaz moddasida kondensatsiyalanib vujudga kelgani bilan bogʻliq. Masalan, "uglerod sinfidagi yulduzlar" atmosferasida koʻproq grafit va kremniydan tarkib topgan chang, "kislorod sinfidagi yulduzlar" atmosferasida esa silikatlardan iborat changlar vujudga keladi. Kosmik chang yulduzlar va boshqa osmon yoritkichlari sochadigan yorugʻlikni susaytiradi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |