Kosmik huquq - kosmik fazoni oʻrganish va foydalanish boʻyicha kosmik faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan xalqaro huquq subʼyektlari (eng avvalo, davlatlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi va kosmik fazoning xalqaro-huquqiy rejimini belgilovchi meʼyorlar yigʻindisi. Kosmik huquq sohasidagi asosiy hujjat — Kosmik fazoni, jumladan, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlatlarning faoliyat prinsiplari toʻgʻrisidagi shartnomadir (1967). Kosmik fazo va osmon jismlarini erkin tadqiq etishni, Oy va boshqa osmon jismlaridan tinch maqsadlarda foydalanishni, yadro quroli va ommaviy qirgʻin qurollarining boshqa turlari boʻlgan har qanday obʼyektlar kosmosda joylashtirilishini man qilishni nazarda tutadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil