Kosontov — Qarshi choʻlidagi balandlik. Qashqadaryo viloyatida, Qashqadaryo oʻzani bilan Maymanoq kanali oraligʻida joylashgan. Eng baland joyi 452 m, nisbiy balandligi 100 m. Jan.gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Oʻz. 4,5 km. Burmalangan gumbazsimon balandlik. Yon bagʻirlari tekislikdan keskin koʻtarilgan va quruq soylar bilan oʻydimchuqurlashgan. Suvayirgʻich qismi yassi tekislikdan iborat.

K. yosh antiklinal balandlik, boʻr, paleogen va toʻrtlamchi davrlarning ohaktosh, gil, alevrolit, qumtosh, konglomerat, qumli qatlamlaridan tuzilgan. K.da och boʻz tuproklar tarqalgan, ularga koʻproq gipsli, yengil mexaniq tarkib xos.

Rang va qoʻngʻirbosh, baʼzi joylarda shuvoq oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi, atroflari sugʻoriladigan yerdar bilan band. Shimoliy etagida Kosoy shahri joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil