Kostelec (Jihlava tumani)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kostelec (nemischa: Wolframs ) Chexiyaning Vysochina viloyati Jihlava tumanidagi munisipalitet. Unda 900 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Kostelec | |
---|---|
Munitsipalitet | |
49°21′39″N 15°29′27″E / 49.36083°N 15.49083°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | [[Vysočina]] |
Tuman | [[Jihlava]] |
Asos solingan | 1288 |
Maydon | 8.90 km2 (3.44 kv mi) |
Markazi balandligi | 519 m |
Aholisi (2023-01-01) |
937 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 588 61 |
|
Joylashuvi
tahrirKostelec – Jihlavadan taxminan 7 kilometr (4 mi) janubi-gʻarbda,Křizanov togʻlarida joylashgan. Eng baland nuqtasi – Kostelecky vrch togʻi dengiz sathidan 657 m (2,156 ft) balandlikdadir. Munitsipalitet Jihlava daryosining oʻng qirgʻogʻida, Třešťsky potok oqimiga qoʻshilgan joyda joylashgan. Třešťsky potok munitsipalitetning janubiy qismida ikkita baliq hovuzi bor.
Tarixi
tahrirKostelek haqida birinchi yozma maʼlumot 1288-yilga tegishli[1].
Demografiyasi
tahrirYil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 380 | — |
1880 | 411 | +8.2% |
1890 | 413 | +0.5% |
1900 | 412 | −0.2% |
1910 | 470 | +14.1% |
1921 | 470 | +0.0% |
1930 | 502 | +6.8% |
1950 | 545 | +8.6% |
1961 | 481 | −11.7% |
1970 | 432 | −10.2% |
1980 | 480 | +11.1% |
1991 | 693 | +44.4% |
2001 | 826 | +19.2% |
2011 | 891 | +7.9% |
2021 | 900 | +1.0% |
Iqtisodiyoti
tahrir1917-yildan beri munitsipalitetda Kostelecké uzeniny goʻsht qadoqlash fabrikasi hozirgi kungacha faoliyat koʻrsatib kelmoqda[2].Fabrika mamlakatdagi eng yirik goʻshtni qayta ishlash korxonasi[3] boʻlib 1000 dan ortiq ishchilari bilan mintaqadagi eng yirik ish beruvchilardan biri hisoblanadi[4].
Transporti
tahrirKostelek Jihlava ,Tabor va Havlíčkův Brod, Slavonitsa temir yoʻl liniyalarida joylashgan. Munitsipalitetga ikkita poyezd stansiyasi xizmat koʻrsatadi: shahar hududidan tashqarida joylashgan Kostelec u Jihlavy va Kostelec u Jihlavy masna[5].
Diqqatga sazovor joylari
tahrirKostelekning asosiy diqqatga sazovor joyi Sankt Kunigunde cherkovidir. Cherkov 1250-yilda eski yogʻoch cherkov oʻrnida qurilgan. 15-asrning oʻrtalarida kengaytirildi va 17-asrning oʻrtalarida hozirgi koʻrinishida qayta qurilgan, ammo asl cherkovdan Gothic yon kirish eshigi bugungi kungacha saqlanib qolgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Počátky osídlování Českomoravské vysočiny“ (cs). Obec Kostelec. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
- ↑ „Historie a současnost“ (cs). Kostelecké uzeniny, a.s.. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
- ↑ „Chcete (ne)mít Babiše na svátečním stole? Tady je přehled jeho značek v potravinářství“ (cs). Asociace soukromého zemědělství ČR (2020-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
- ↑ „Registr ekonomických subjektů“ (cs). Business Register. Czech Statistical Office. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
- ↑ „Detail stanice Kostelec u Jihlavy“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
- ↑ „Kostel sv. Kunhuty se hřbitovem“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
Havolalar
tahrir