Kostroma – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kostroma viloyati markazi. Volga daryosining har ikkala sohilida. Port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 289,4 ming kishi (1998-yil). Toʻqimachilik sanoatining (asosan, zigʻir tola) qad. markazi. Mashinasozlik („Motordetal“, ekskavator, „Kostromatekstilmash“ zavodlari), yogʻochsozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi, tasviriy sanʼat muzeyi, yogʻoch meʼmorchiligi muzeyi, Bogoyavleniye monastirining sobori (XVI asr), Ipatiy monastiri ansambli (XVI—XVIII asrlar), Voskreseniye cherkovi (XVII asr), shahar markazining mumtoz majmuotlari: savdo rastalari (XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari), maʼmuriy binolar (XIX asr), oʻt oʻchirish minorasi (XIX asr boshi), gauptvaxta (XIX asr) saqlangan. Kostromaga XII asrda asos solingan[1].

Gerb

Kostroma 1152-yilda tashkil etilgan va oʻsha yildan shahar hisoblanadi. Ilk eslatilishi 1213-yilda boʻlgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Речные круизы через Кострому“. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.