Kostroma qoramol zoti
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kostroma qoramol zoti - suti va goʻshti uchun bokiladigan sigir zoti. Rossiyaning Kostroma viloyatida "Karavayevo" xoʻjaligida mahalliy zotlarni shvits zoti bilan chatishtirish, sermahsul duragay mollarni tanlash va saralash asosida yaratilgan hamda 1945-yil zot deb tasdiqlangan. Mollar, asosan, kulrang-och qoʻngʻir tusda, gavdasi yirik. Buqalari vazni 1000–1100 kg, sigirlari 550–600 kg. Sut sogʻimi 4000–5000 kg, yogʻliligi 3,7—3,9% va oqsili 3,3 — 3,6%. Zotning rekord qoʻygan sigirlari bir yilda 14—15 ming kg sut bergan. Sigirlarning hayot-chanligi yuqori (20—22 yoshga qadar). Goʻshtdorlik sifati yuqori, 18 oyligida novvoslar 450–500 kg vaznga yetadi. Boʻrdoqi mollarning goʻshti chiqishi 58—60%. Oʻzbekistonning qoʻngʻir tusli mahsuldor qoramol podalarini ("Gʻallaorol", "Zarbdor", "Boyovut" va boshqalar) yaratishda 1950-70 yillari Kostroma qoramol zotiz. buqalaridan foydalanilgan. Kostroma qoramol zotiz.dan foydalanib, olatov qoramol zoti yaratilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |