Kovsh
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kovsh — 1) metallurgiyada — eritilgan metall, shlak va shteynlarni qisqa muddat saqlash, tashish hamda qoliplarga quyishda ishlatiladigan poʻlat yoki choʻyan idish. Metall va shteynlar uchun ishlatiladigan K.ning ichi oʻtga chidamli gʻisht bilan terib chikiladi. K.ning 60 kg gacha sigimli dasta-ki, 120 kg sigʻimli osma relslar-monorelslarda tashiladigan, 500 t gacha sigʻimli koʻprik kranlar yoki temir yoʻl aravalarda tashiladigan turlari bor. Alyuminiy sanoatida metallni elektroliz vannalarda olish uchun vakuum K.lari ishlatiladi; 2) kon va qurilish mashinalari (ekskavator, elevator, skreper va boshqalar) da K. kon jinsi, tuproq va boshqalarni umumiy massadan ajratib olish hamda boshqa joyga toʻkish uchun ishlatiladi. Bir kovshli ekskavatorlar K.ining hajmi 0,15—200 m3, koʻp kovshlisiniki — 0,007—7 m3.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |