Králíky (Hradec Králové tumani)

Králíky – Chexiya Respublikasi Gradec Králove tumanida joylashgan munitsipalitet. Unda 400 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Králíky
Munitsipalitet
Skyline of Králíky
50°15′36″N 15°32′11″E / 50.26000°N 15.53639°E / 50.26000; 15.53639
Mamlakat Chexiya
Viloyat Hradec Králové
Tuman Hradec Králové
Asos solingan 1635
Maydon 9.70 km2 (3.75 kv mi)
Markazi balandligi 235 m
Aholisi
 (2023-01-01)
394
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 503 15, 504 01
Králíky xaritada
Králíky
Králíky

Maʼmuriy qismlari

tahrir
 
Centre of Podoliby

Chmelovitse qishlogʻi, Podoliby va Řehoti Kralikiyning maʼmuriy qismidir.

Joylashuvi

tahrir

Králíky – Gradec Kralovedan taxminan 20 kilometr (12 mi) gʻarbida, East Elbe pasttekislikdagi qishloq xoʻjaligi landshaftida joylashgan. Kralicky daryosi munitsipalitet hududidan oqib oʻtadi.

Tarixi

tahrir

Králiky haqida birinchi qoʻlyozma 1635-yilda yozilgan. Bu qoʻlyozma Králiky deb nomlangan. Qishloq 16-asrda tashkil etilgan, ammo vayron boʻlgan. 1654-yilda 13 ta kottejdan tashkil topgan qishloq qurishadi va 1686-yilda Břevnov monastiri tomonidan sotib olinib qishloqa nemislar koʻchirilganida qishloq qayta tiklananadi[1].

Řehoty 11-yoki 12-asrlarda tashkil etilgan. Řehoty haqida birinchi qo'lyozma 1549-yilda Pernshtejn oilasi tomonidan Novy Bydžov shahriga sotilgan. 1623-yilda qishloq vayron boʻladi va yer Prasekga qoʻshildi. 1786-yilda uchta oila koʻchib kelib, yangi shaharchaga asos solgan[1].

Podoliby haqida birinchi yozma malumot 1363-yilga toʻgʻri keladi. 1654- yilgacha bor-yoʻgʻi ikkita hovli va toʻqqizta kottej boʻlgan. Bu uylar Wartenberglik Havel Zviřetickyga tegishli boʻlib, Novy Bydžov shahri va unga qoʻshilgan qishloqlarni Pernshteynlik Vilem II ga sotgan. Keyinchalik 1623-yilda Podolibyni Albrecht von Wallensteinga sotgan Krishtof Erazim Sommerfeldga tegishli edi. Oʻttiz yillik urush paytida qishloq vayron boʻlgan, ammo u toʻxtamagan. 18-asrda qishloq kengaytiriladi va 1882-yilda maktab quriladi.

Chmelovice va Podoliby 1961-yilgacha alohida munitsipalitet boʻlib, ular Kralikiyga qoʻshilgan. Řehoty 1980-yilgacha Prasekning bir qismi boʻlgan va 1980-yil 1-martdan boshlab Kralikiyning bir qismi hisoblangan[2].

Demografiyasi

tahrir
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1869675—    
1880683+1.2%
1890699+2.3%
1900783+12.0%
1910779−0.5%
1921728−6.5%
1930700−3.8%
1950484−30.9%
1961448−7.4%
1970385−14.1%
1980410+6.5%
1991401−2.2%
2001396−1.2%
2011376−5.1%
2021372−1.1%

Diqqatga sazovor joylari

tahrir

Qoʻriqlanadigan yagona madaniy yodgorlik Chmelovitsedagi sobiq manor uyidir. Bu uy imperiya uslubida qurilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Králíky a přilehlé obce – podrobně“ (cs). Obec Králíky (2008-yil 29-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.
  2. „Historický lexikon obcí České republiky 1869–2011“ (cs) 187, 437, 495. Czech Statistical Office (2015-yil 21-dekabr). 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.

Havolalar

tahrir