Krškopolje choʻchqasi yoki Qora belbogʻli choʻchqa[1] choʻchqaning avtoxton zoti boʻlib, kelib chiqishi Sloveniyaga borib taqaladi[2]. Bu choʻchqa uy choʻchqalarining yagona saqlanib qolgan sloven avtoxton zotidir[3]. Goʻsht ishlab chiqarish uchun boqiladi, Krškopolje choʻchqasini belidagi qora dogʻi va pushti oyoq hamda boshidan tanish mumkin[4].

Kelib chiqishi va tarqalishi

tahrir

Bu zotning kelib chiqish hududi Quyi Karniolaning janubi-sharqiy qismlari, ayniqsa Krško-Brejiško dalasi, shuningdek, Jumberak togʻlarining etaklaridir[5]. Krškopolje choʻchqasi haqidagi dastlabki hujjatlar XIX asrga tegishli boʻlib, zotning nomi va tavsifi sloveniyalik qishloq xoʻjaligi mutaxassisi Viljem Rorman tomonidan yozilgan hamd 1899-yilda Rokodelske novice gazetasida chop etilgan[6]. Tizimli naslchilikning yoʻqligi va Krškopolje choʻchqasining Yorkshire zoti bilan nazoratsiz chatishishi sabablichoʻchqachilik boʻyicha mutaxassis va ruhoniy Anton Oblakning 1938-yilda zotning deyarli yoʻq boʻlib ketganligini eʼlon qilishga olib keldi[7][8][9][10]

Keng koʻlamda boqiladigan qishloq hayvonlarining boshqa koʻplab eski zotlari singari Krškopolje choʻchqasi ham Ikkinchi jahon urushi tugagandan soʻng yoʻqolib ketish xavfi ostida qoldi, chunki yangi, tez semiradigan zotlar paydo boʻldi, koʻpayish maydoni qisqardi va choʻchqalar soni kamaydi[2][8]. Taxminan 1960-yilda bu zotga qarshi rasmiy kampaniya boshlandi, natijada choʻchqalar soni kamaydi[11][12][3]. 2003-yildan keyun Krškopoljeni yetishtirishga boʻlgan qiziqish ortdi (qisman avtoxton zotlarga subsidiyalar [12] va ekologik dehqonchilikka qiziqish ortib borayotgani sababli[13])[3]. Bugungi kunda u Sloveniyaning barcha hududlarida boqilmoqda[2][14]. 2020-yildagi maʼlumotlarga koʻra, 2530 ga yaqin hayvon mavjud boʻlib, zotning populyatsiyasi barqaror deb belgilangan[15][14].

Tashqi koʻrinishi

tahrir
 
Loydagi katta yoshli choʻchqa

Krškopolje — oʻrta boʻyli qora choʻchqa zoti boʻlib, hayvonlarning yelkalari va old oyoqlari[16] pushti yoki oq tusda[17]. Odatda hayvonlarning tumshugʻi pushti tusda boʻladi. Ularning tuklari tekis, tanasining orqa qismida qora belbogʻi bor[2][18].

Oʻrtacha choʻchqalar 280 kgcha yetadi. Burunning uchidan dumning boshigacha oʻlchanganida, kattalar erkaklarining oʻrtacha uzunligi 152 sm va katta yoshli urgʻochilarning oʻrtacha uzunligi 140 sm ga yetadi. Erkaklarda bosh uzunroq (urgʻochining boshi taxminan 30 sm uzunlikda)[11].

Koʻpaytirish va foydalanish

tahrir

Qora belbogʻli choʻchqa — koʻp boqiladigan choʻchqa zoti boʻlib, odatda molxonalarda va yaylovlarda saqlanadi. Zot kambagʻal sharoitlarga moslashgan, hayvonlar chidamli, oʻrtacha unumdor[3][2]. Odatda ona choʻchqa bir yilda 8-10 ta bola tugʻadi[19]. Bu zotning reproduktiv holati bilan bogʻliq nisbatan keng tarqalgan muammolar oʻlik tugʻilgan choʻchqalardir (foiz oʻzgaruvchan, odatda 5,7 dan 21,9%[11])[8].

Bu zotning choʻchqalari sifatli goʻsht[20] va choʻchqa yogʻi uchun boqiladi [2]. Ilgari, Karniolan kolbasasini tayyorlashda Krškopolje goʻshti koʻpincha ishlatilgan[21]. Ideal dehqonchilik sharoitida yosh choʻchqa bolalari kuniga taxminan 1 kg vaznga ega boʻlishadi[22][14].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Krškopolje“ (en). www.thepigsite.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Slovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Krškopolje“ (en). www.thepigsite.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.„Krškopolje“. www.thepigsite.com. Retrieved 2021-12-21.
  4. Slovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021.
  5. „Krškopoljski Prašiči“ (sl). www.prasici.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  6. Slovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021.
  7. „Krškopolje“ (en). www.thepigsite.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.„Krškopolje“. www.thepigsite.com. Retrieved 2021-12-21.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Krškopoljski Prašiči“ (sl). www.prasici.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.„Krškopoljski Prašiči“. www.prasici.com (in Slovenian). Retrieved 2021-12-21.
  9. „Krškopolje pig : Travel-Slovenia“ (en-US). Travel Slovenia - Beauties of our little country. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  10. „Krskopoljski prašic“ (sl). agri.bf.uni-lj.si. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 Lukač, Nina Batorek „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“, . European Local Pig Breeds - Diversity and Performance (en). IntechOpen, 2019-02-06. ISBN 978-1-78985-408-4. 
  12. 12,0 12,1 Urankar, Janja; Malovrh, Špela; Kovač, Milena (2013). "Dispersion parameters for litter size and teat number in Krškopolje pig". 8th International Symposium on the Mediterranean Pig, Slovenia, Ljubljana, October 10th-12th, 2013 (Biotechnical faculty of University of Ljubljana) suppl 4: 57–60. https://repozitorij.uni-lj.si/IzpisGradiva.php?id=77209. 
  13. Pečnik. „Analiza genetske strukture krškopoljskega prašiča na osnovi rodovnika“ (sl). repozitorij.uni-lj.si (2019). Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Krškopoljski prašič | Genska banka“ (sl). www.genska-banka.si. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  15. „Krskopolje / Slovenia (Pig)“. fao-dadis-breed-detail.web.app. 2021-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  16. Slovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021.
  17. „Krskopolje / Slovenia (Pig)“. fao-dadis-breed-detail.web.app. 2021-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.„Krskopolje / Slovenia (Pig)“ (Wayback Machine saytida 2021-09-28 sanasida arxivlangan). fao-dadis-breed-detail.web.app. Retrieved 2021-12-21.
  18. Lukač, Nina Batorek „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“, . European Local Pig Breeds - Diversity and Performance (en). IntechOpen, 2019-02-06. ISBN 978-1-78985-408-4. Lukač, Nina Batorek; Tomažin, Urška; Škrlep, Martin; Kastelic, Andrej; Poklukar, Klavdija; Čandek-Potokar, Marjeta (2019-02-06). „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“. European Local Pig Breeds — Diversity and Performance. IntechOpen. ISBN 978-1-78985-408-4.
  19. Lukač, Nina Batorek „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“, . European Local Pig Breeds - Diversity and Performance (en). IntechOpen, 2019-02-06. ISBN 978-1-78985-408-4. Lukač, Nina Batorek; Tomažin, Urška; Škrlep, Martin; Kastelic, Andrej; Poklukar, Klavdija; Čandek-Potokar, Marjeta (2019-02-06). „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“. European Local Pig Breeds — Diversity and Performance. IntechOpen. ISBN 978-1-78985-408-4.
  20. Lukač, Nina Batorek „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“, . European Local Pig Breeds - Diversity and Performance (en). IntechOpen, 2019-02-06. ISBN 978-1-78985-408-4. Lukač, Nina Batorek; Tomažin, Urška; Škrlep, Martin; Kastelic, Andrej; Poklukar, Klavdija; Čandek-Potokar, Marjeta (2019-02-06). „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“. European Local Pig Breeds — Diversity and Performance. IntechOpen. ISBN 978-1-78985-408-4.
  21. „Krškopoljski prašič | Genska banka“ (sl). www.genska-banka.si. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.„Krškopoljski prašič | Genska banka“. www.genska-banka.si (in Slovenian). Retrieved 2021-12-22.
  22. „Krškopolje“ (en). www.thepigsite.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.„Krškopolje“. www.thepigsite.com. Retrieved 2021-12-21.