Krasno-jyoltiye dni
„Krasno-jyoltiye dni“ (ruscha: Красно-жёлтые дни, yaʼni „Qizgʻish-sariq kunlar“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyin ham guruh solisti Viktor Soy yozgan. 1990-yilning bahorida yozib olingan qoʻshiq Soy oʻlimidan keyin eʼlon qilingan. Shuningdek, qoʻshiq 2002-yil „Posledniye zapisi“ albomiga ham kiritilgan.
„Krasno-jyoltiye dni“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Kino“ qoʻshigʻi | ||||
„Chyorniy albom“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1991 | |||
Yozib olingan | 1990 | |||
Janr | postpank | |||
Davomiyligi | 6:46 | |||
Leybl | Metadigital | |||
Matn muallif(lar)i | Viktor Soy | |||
Bastakor(lar) | Viktor Soy | |||
„Chyorniy albom“ xronologiyasi | ||||
|
Soy „Krasno-jyoltiye dni“ qoʻshigʻini 1990-yilning bahorida ijro eta boshlagan. Qoʻshiqning qora nusxasi 1990-yilning avgustida Latviyada yozib olingan[1]. Soy vafotidan keyin jurnalist Nataliya Razlogova arxivida ashulaning akustik versiyasi topilgan. Mazkur versiya 2022-yilning yanvarida eʼlon qilingan.
„Kino“ gitarachisi Yuriy Kasparyanning soʻzlariga koʻra, „Krasno-jyoltiye dni“ qoʻshigʻi aranjirovkasi Soy oʻlimidan oldin yakunlangan. Bunga qaramay, trek CDda va gramplastinka uchun professional studiyada qaytadan yozib olingan.
Adabiyotshunos Svetlana Petrova „Krasno-jyoltiye dni“ qoʻshigʻini tahlil qilar ekan, unda poyezd obrazini koʻrgan[2]. Uning fikricha, bu poyezd harakat vositasi boʻlib, hayotning inert va oʻzgarmasligini yengib oʻtishga koʻmaklashadi. Qahramon yoʻl obrazi yordamida ochib berilgan boʻlib, uning hayoti davomida yoʻldagi kabi ayrim harakatlar qayta-qayta takrorlanadi. Qoʻshiqda qahramonning hayot yoʻli, uyi, uyiga qaytishi hamda tanlovi kabi mavzular haqida soʻz boradi.
Jamoa
tahrir- Viktor Soy — gitara, vokal
- Yuriy Kasparyan — gitara
- Igor Tixomirov — bas-gitara
- Georgiy Guryanov — barabanlar
- Yuriy Ayzenshpis — produser
- Jean Taxis — aranjirovka (Parijda)
Manbalar
tahrir- ↑ Калгин, Виталий. Виктор Цой и его КИНО (ruscha). Litres, 2020. ISBN 978-5-457-89574-4.
- ↑ Петрова, Светлана (2014). „Образ поезда в творчестве В. Цоя“. Русская рок-поэзия: текст и контекст (ruscha). № 15. 143–148-bet. ISSN 2413-8703.