Krayova — Ruminiyaning jan.gʻarbidagi shahar, Jiu daryosi vodiysida. Dolj judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 313,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, lokomotivsozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, traktorlar ishlab chiqarish, ogʻir mashinasozlik), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi mavjud. Un-t, pedagogika va qishloq xoʻjaligi institutlari, badiiy muzey bor. 15—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil