Kremniy ftoridlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kremniy ftoridlari (ftorsi lanlar) — kremniyning ftor bilan birikmalari. Kremniy (1U)-f t o r i d, SiF4— rangsiz gaz; zichligi 1598 kg/m3 Suyuqlanish temperaturasi — 86,8°; qaynash temperaturasi — 95°. Suv taʼsirida vodorodkremneftorid kislota va kremniy (IV)okcrh (SiO2)ra, 800° dan yuqori temperaturada suv bugʻi taʼsirida ftorid kislota (HF) va SiO2 gacha gidrolizlanadi. Eruvchanligi (20° da g/l): metanolda 328, etanolda 364, atsetonda 31. Ammiak va organik asoslar bilan adduktlar hosil qiladi. Ftorsilikatlar va H2SiF6 ni termik parchalash usuli bilan, HF yoki ftorga kremniy, SiO va silikatlar taʼsir ettirib olinadi. Sanoatda HF ishlab chiqarishda apatit va fosforidlarni kislotalar bilan parchalash paytida oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. SiF4 H2SiF6 va anorganik ftoridlar, kremniy va SiF2 olishda, kremniyni tozalashda (kimyoviy transport reaksiyasiga asosan: Si+SiF4 <-" 2SiF2) ishlatiladi.
Kremniy (P)-ftorid, SiF2 — gazsimon, suyuq yoki qattiq modda (polimerizatsiya darajasiga qarab). 1100° dan yuqori temperaturada past bosimda (-10 GPa) SiF4 ga kremniy taʼsir ettirilganda hosil boʻladi. SiF2 organik sintezda reagent, kremniyni tozalash jarayonida oraliq mahsulot. Shuningdek, beqaror ftorsilanlar — SiF, SiF3, SiF4 x Fx oksiftoridlar (ftorsiloksanlar) — SiOF2, SiOF6 va boshqa aralash galogenftorsilanlar SiXxFn x ham maʼlum.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |