Krijovnik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Krijovnik (Grossularia) - toshyorardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shimoliy Amerikada (46 xil turi) uchraydi. Koʻproq 3 turi: madaniy yoki ekma K. (G. reclinata) — Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkazda, shuningdek, Yevropa mamla-katlari, Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi; ti kapli K. (G.acicularis) Oʻrta Osiyo togʻlarida, Oltoyda, Sayan togʻlarida; bure i n K. (G.burejensis) Uzoq Sharqda uchraydi. Novdasi tikanli, boʻyi 1,5—2 m, popuk ildizli. Barglari 3—5 boʻlakchali. Gullari 2 jinsli, 1—3 tadan shingil boʻlib joylashgan. Mevasi soxta rezavor meva. Yumaloq yoki choʻziqroq, oq, sariq, qirmizi,qora, koʻp urugʻli; mevasi iyunning 2-yarmida yetiladi, oʻrtacha ogʻirligi 3,6—6 g. 1 tupi 2,5—4 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 7—18% qand, 30—60 mg% S, Vr R vitaminlari, karotin, pektin, temir, fosfor, kalsiy, 1—3% gacha organik kislotalar mavjud. K. mevasi yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, kompot, sharbat va hokazolar tayyorlanadi. K. parhish qilish, yogʻochlangan va koʻk qalamchalaridan koʻpaytiriladi.
Oʻzbekistonda AQShda chiqarilgan Qora Negus, Purman, Xauton, Rossiya navlaridan Rus K. navlari koʻproq tomorqa bogʻlarida yetishtiriladi.
Adabiyot
tahrir- Abdullayev R., Yagudiva S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.
Rixsivoy Joʻrayev.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |