Krishan Chandar
Krishan Chandar (1914, Vazirobod — 1977, Bombey) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi rahbarlaridan biri (1953). Dastlabki hikoyalar toʻplami — „Tilsimi xayol“ (1937). Adibning turli janrlarda 80 ga yaqin kitobi chop etilgan. „Xoin“, „Biz vahshiymiz“ (1949) toʻplamlarida Hindistonning boʻlinishi (1947) va hind — musulmonlar qirgʻini mavzui yoritilgan. „Magʻlubiyat“ (1958), „Boʻron kurtaklari“ (1954), „Kumush yara“ (1964) romanlari, „Koʻcha ortga qaytadi“ (1961), „Ikkinchi qor yogʻishdan avval“ (1967) qissalari va avtobiografik qissalari („Loy oʻyinchoqlar“, 1956; „Xotiramdagi chinorlar“, 1968) va boshqa asarlarida Kashmir xalqi hayoti aks ettirilgan. Krishan Chandar „Eshakning sarguzashtlari“ (1958—1965), „Dadar koʻprigidagi bolalar“ (1958), „Qogʻoz qayiq“ (1966) romanlaridan iborat trilogiya muallifi. Krishan Chandar Oʻzbekistonda boʻlgan. Asarlari xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham Amir Fayzulla, Shahzod Kenjaev va boshra tarjimonlar tomonidan tarjima qilingan.
Krishan Chandar | |
---|---|
Tavalludi |
23-noyabr 1914-yil |
Vafoti |
8-mart 1977-yil (62 yoshda) Mumbay, Hindiston |
Ijod qilgan tillari | Urdu, Hind tili va Ingliz tili |
Fuqaroligi | Britaniya Hindistoni va Hindiston |
Adabiyotlar
tahrir- Bir qizga ming oshiq [roman], T., 1965;
- Otash nafaslar [hikoyalar, toʻplam], T., 1977;
- Xotiramdagi chinorlar [qissa va hikoyalar], T., 1986;
- Dadar koʻprigidagi bolalar [qissa], T., 1999.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |