Krizis (tibbiyotda) — isitmali oʻtkir kasallikning kechishida keskin oʻzgarish (odatda, sogʻayish tomonga) roʻy berishi. K. yuqumli kasalliklar: bezgak, qaytalama terdama, chechak va boshqalarga xos boʻlib, bunda isitmalab yotgan bemorning temperaturasi birdan normallashib, gʻaraq-gʻaraq terlash, darmonsizlanish, uykuchanlik va hokazo koʻrinishida namoyon boʻladi. Soxta K. (psevdokrizis) ham koʻzatilib, bunda temperatura qisqa vaqt pasayadi va bemorning ahvoli yax-shilanib turadi. Organizmdagi yiring oʻchogʻi yoʻqotilgandan yoki mikroblarga qarshi kuchli dorilar berilgandan keyin ham temperatura K. yoʻli bilan pasayishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil