Kronat (fransuzcha: Cronut, kruaassandan — donat) — kruassan xamiridan tayyorlangan, xushboʻy krem bilan toʻldirilgan va uzum urugʻlari yogʻida qovurilgan ponchikka oʻxshash pishiriq. Kronat 2013-yilda fransuz-amerikalik qandolatchi Dominik Ansel[1][2] tomonidan ixtiro qilingan.

Kelib chiqishi

tahrir

2013-yilda novvoyxona egasi Dominik Ansel ichida xushboʻy kremi boʻlgan, kruassanga oʻxshash ponchik (donat) (u juda yaxshi tanish boʻlgan pishiriq) yaratdi[3][4].

Kronat 2013-yil 10-mayda Nyu-Yorkning Soho hududidagi Dominik Ansel nonvoyxonasida taqdim etildi. Oʻsha kuni kechqurun New-York Magazine jurnalining restoranlari haqidagi onlayn-blog Grub Streetdan bir bloger yangi pishiriqlar haqida xabar berdi[3][5]. Xabar katta qiziqish uygʻotdi va Internetda repostlar paydo boʻldi va uchinchi kuni uni sotib olmoqchi boʻlgan 100 dan ortiq odam doʻkon tashqarisida navbatga turishdi[4].

 
Dominik Anselning novvoyxonasi

Novvoyxona menyusida pishiriq paydo boʻlganidan keyin toʻqqiz kun ichida, Ansel AQSh Patent va tovar belgilari idorasiga „Cronut“ savdo belgisi uchun ariza beradi[6] va u tasdiqlangan[7][8].

Oʻxshash mahsulotlar

tahrir

Kronatlar paydo boʻlgandan beri dunyo boʻylab shunga oʻxshash mahsulotlar paydo boʻldi, jumladan, Kanadaning Keloundagi Kelownut kabi boshqa nomlar bilan ham[9][10][11][12][13][14].

 
Qulupnayli kronat

2015-yilda Dominik Ansel oʻzining „Dominik Ansel: maxfiy retseptlar“ kitobida uyda tayyorlab koʻrish mumkin boʻlgan kronatning qoʻlbola retseptini nashr etdi. Ansel novvoyxonalaridagi original pishiriqlar singari, jarayon ham uch kun davom etadi[15].

Manbalar

tahrir
  1. „Introducing the Cronut, a Doughnut-Croissant Hybrid That May Very Well Change Your Life — Grub Street New York“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  2. „Meet the Cronut: Croissant-Donut Hybrid Takes Pastry World by Storm - ABC News“. Abcnews.go.com (2013-yil 20-may). 2014-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Eureka! From Gone Girl to the selfie stick – how one great idea can change your life“. The Guardian (6-noyabr 2015-yil). 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  4. 4,0 4,1 Shunk, Laura „Cronut Wizard Dominique Ansel: "I Want to Make the World of Pastry Exciting"“. Blogs.villagevoice.com (2013-yil 4-dekabr). 2014-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-fevral.
  5. Merwin, Hugh „Introducing the Cronut, a Doughnut-Croissant Hybrid That May Very Well Change Your Life“. Grub Street (9-may 2013-yil). 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  6. Brendan O'Connor. „The Mysterious Persistence of the Cronut“. New York Times (8-may 2015-yil). 2022-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  7. Katie Little. „Cronut Mania Spawns Imitators and a Trademark Rush“. Cnbc.com (2013-yil 7-iyun). 2014-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
  8. USPTO „Cronut“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2014-yil.
  9. „The origin of the Kelownut and why they've been so hard to find lately“. InfoTel News (2019-yil 3-avgust). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
  10. „The ʻCronut’…Er, That’s the ʻDoughssant’…Has Arrived In St. Louis « CBS St. Louis“. Stlouis.cbslocal.com (2013-yil 8-iyul). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
  11. Tenny Tatusian Cronut in LA: Semi Sweet Bakery to introduce the Crullant Los Angeles Times-Jun 27, 2013
  12. 'Cronutʼ craze has made it to Jacksonville[sayt ishlamaydi] June 28, 2013 FCN
  13. „Good Food - From cronut to zonut, pastry fever comes to Sydney“. Smh.com.au (2013-yil 14-iyun). 2013-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  14. „Where to get cronuts in London“ (2013-yil 23-avgust). 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  15. „The At-Home Cronut™ Pastry“. Murdoch Books. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.

Havolalar

tahrir