Ksenofont (yun.: Ξενοφῶν) (miloddan avvalgi taxminan 430—355 yoki 354) — qad. yunon tarixchisi va davlat arbobi. Afinada boy oilada tugʻilgan, Suqrotning shogirdi. Miloddan avvalgi 401 yil Eron taxti daʼvogari Kichik Kirning Bobilga yurishida qatvashgan. Kir halok boʻlgach, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillariga chekivayotgan 10000 kishilik yunon qoʻshiniga rahbarlik qilgan (bu voqealarni u "Anabasis" asarida tasvirlagan). K. yunon tarixchisi Fukidid acarining davomi boʻlgan "Yunoniston tarixi"(7 kitobdan iborat) hamda iqtisod, falsafa va harbiy sohaga oid asarlar yozgan.[1]

Ksenofont

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil