Kuala Lumpur
Kuala-Lumpur - Malayziyaning poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxt hududining maʼmuriy markazi. Malakkaya orolning janubiy-gʻarbiy qismida, togʻlar bilan oʻralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga oʻrtacha 2440 mm) va yil davomida temperatura yuqori boʻladi (oʻrtacha yillik temperatura 28,2°). Aholisi 1,3 mln. kishi (2000).
Kuala Lumpur 19-asrning 80-yillarida shu atrofdan qalay qazib chiqaruvchi konchilar qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. 1880-yildan Salangor sultonligining poytaxti. 1896-yildan federatsiya qilib birlashtirilgan Malayya sultonliklarining maʼmuriy markazi. 1946-yildan Angliya mustamlakasi — Malayya ittifoqining, 1984-yildan Malayya Federatsiyasi (Malayya)ning markazi. 1957-yil avgustdan mustaqil Malayya Federatsiyasi, 1963-yildan Malayziya Federatsiyasining poytaxti.
Kuala Lumpur muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kuala Lumpur va shosse yoʻl orqali Malakka boʻgʻozi sohilidagi Port-Suettenem shahri bilan bogʻlangan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Toʻqimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati, temir yoʻl jihozlari ishlab chiqarish, avtomobil yigʻish korxonalari mavjud. Texnologiya universiteti, Malayziya universiteti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy Femida hukumat maʼmuriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va boshqa saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Kuala Lumpur shahrining rasmiy vebsayti (Wayback Machine saytida 2016-06-16 sanasida arxivlangan)
- Kuala Lumpur shahri haqida maʼlumot (ingl.)
Wikimedia Commonsda Kuala Lumpur mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |