Kudaybergen Tolepuli Yerjan (qozoqcha: Құдайберген Төлепұлы Ержан; 1959-yil 7-noyabr Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – qozoq davlat va jamoat arbobi. VI chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Majilisi deputati (2016-yildan).

Kudaybergen Yerjan
qozoqcha: Құдайберген Төлепұлы Ержан
 VI chaqiriq Qozog‘iston Respublikasi parlamenti majlisi ​​deputati
Mansab davri
24-mart 2016-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-noyabr 1959-yil (1959-11-07) (65 yosh)
Jizzax, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Siyosiy partiyasi "Nur Otan"
Taʼlim Olmaota xalq xoʻjaligi instituti
Kasbi iqtisodchi
Mukofotlari

Shapagat ordeni "Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi" medali Qozogʻiston Respublikasi parlamentining 10 yilligi medali Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 20 yillik medali "Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi" medali QR mustaqilligining 25 yilligi medali Ostonaning 20 yilligi medali

"Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan energetik" koʻkrak nishoni
Xizmat yillari 1983–1984

Hayoti

tahrir

1959-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Timiryazev sovxozida tugʻilgan.

Olmaota xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1982-yilda Chimkent viloyat tartibga solish ilmiy-tadqiqot stansiyasida agronom-iqtisodchi lavozimidan boshlagan.

1985–1988-yillarda – Jizzax viloyati Forish tumani „Qizilqum“ sovxozi bosh hisobchi oʻrinbosari, Olmaota shahridagi geodeziya-qidiruv korxonasida topografik-geodeziya ishlari boʻyicha ishchi. Olma-Ota, „Kazbytradiotexnika“ ishlab chiqarish birlashmasi auditori, „Garant“ ishlab chiqarish birlashmasi katta auditori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1989–1993-yillarda Moskva viloyati „Ritm“ yoshlar ilmiy-texnik ijodiyoti markazining bosh hisobchisi, keyin Olmaota shahridagi „Sabaz“ MChP direktori, BankCenterCreditning 2-sonli filiali direktori sifatida oʻz faoliaytini davom ettirgan.

1998-yildan 2012-yilgacha – „Shardarin GES“ OAJ boshqaruvi raisi boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan.

2012–2016-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati kengashining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi chaqiriq deputati, viloyat kengashining byudjet va qishloqlarni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, Janubiy Qozogʻiston viloyati kengashi kotibi vazifasida faoliyat yuritgan[1].

2016-yil 24-martdan – „Nur Otan“ partiyasidan VI chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputati, Respublika Parlamenti Majlisining Xalqaro ishlar, Qozogʻiston mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

2020-yilda „Nur Otan“ partiyasi jamoat birlashmasidan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputatligiga nomzod, 2021-yildan 2023-yil yanvargacha yettinchi chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputati boʻldi[2].

Manbalar

tahrir