Kuk orollariTinch okeandagi arxipelag, Polineziyada. Maʼmuriy jihatdan Yangi Zelandiya tarkibida. Janubiy orollar (8 orol) va Shimoliy orollar (7 orol)dan iborat. Maydoni 234 km². Maʼmuriy markazi — Anarua shahri (Rarotonga o.da). Rasmiy tilingliz tili. Kuk orollarini 1773-yilda ingliz dengiz-chisi J. L>tstavsiflagan. 1888-yildan Kuk orollari Buyuk Britaniya protektorati; 1901-yildan Yangi Zelandiya boshqaruvi ostida. 1965-yildan "Yangi Zelandiya bilan uyushgan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi hudud" maqomini olgan. Janubiy guruh vulkan orollari (balandligi 643 m gacha), Shimoliy orollar marjon atollaridan iborat. Iqlimi tropik, passat iqlim. Aholi, asosan, kokos palmasi oʻstirish va kopra ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, apelsin, anavas, banan yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil