Kulamet jirov Ubbi ugʻli (1872 -Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani — 1954) — jirov (dostonchi). Kulamet jirov Ubbi ugʻlining jirovchilik sanʼatini egʻallashida Nurabulla jirov, Arzi Suyeu singari sanʼatkorlarning taʼ-siri kuchli boʻlgan. Kulamet jirov Ubbi ugʻli Qoʻngʻirotda Nurabulla jirovga shogird tushib, us-tozidan 40 dan ortiqtermalarni, "Al-pomish", "Shahriyor", "Qoʻblon" va boshqa dostonlarni oʻrgangan va ijro etgan. 1939-yil A. Shamuratov undan "Shahriyor" dostonini yozib olgan va nashrga tay-yorlagan. Asar, dastlab, 1959-yilda ki-tob holida chop etilib, 1971-yil rus ti-liga tarjima qilingan. Qoraqalpogʻi-stonda Kulamet jirov Ubbi ugʻli nomida jamoa xoʻjaligi, maktab va koʻcha mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil