Kulisali mexanizm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kulisali mexanizm - aylanma yoki tebranma harakatni qoʻzgʻaluvchan zveno — kulisa yordamida ilgarilanma-qaytma yoxud aksincha harakatga oʻzgartiradigan mexanizm. Eng koʻp tarqalgan 4 zvenoli yassi Kulisali mexanizmning krivoship-kulisali, kulisakoromislo-li, kulisa-polzunli va ikki kulisali xillari bor. Krivoship-kulisali mexanizmlarda kulisa aylanma, tebranma yoki ilgarilama, kulisakoro-misloli mexanizmlarda kulisa tebranma yoki ilgarilama harakat qiladi. Kulisa-polzunli mexanizmlar tebranma harakatni ilgarilama harakatga aylan-tiradi (va aksincha). Kulisali mexanizm harakatlarini oʻzgartirishda, hisoblash-yechish ma-shivalarining sinus mexanizmlari sifatida, hisoblash-yechish mashivasining tangens mexanizmi sifatida ish-latiladi. Ikki kulisali mexanizmlar muftalarda qoʻllanadi. Ancha murak-kab va koʻp zvenoli Kulisali mexanizmlardan ichki yonuv dvigatelida, bugʻ mashivalarining revers mexanizmlari va boshqa joylarda keng foydalaniladi. KULKI-OʻYIN - oʻzbek anʼanaviy teatrining oʻziga xos janri. Mashara-boz va qiziqchilar tomonidan ijro etiladigan teatrlashgan tomosha turi (kulgili oʻyinlar). K.-oʻ. juda qad. za-monlardan shakllangan. Baʼzan bu atama oʻrnida mashara oʻyin, muqallid ibo-ralari ishlatiladi. K.-oʻ.da soddagiva syujet boʻlib, ijtimoiy illatlar (xa-sislik, firibgarlik kabi), axloqiy nuqsonlar tanqid qilinadi. Syujet yechimida pantomima, raqs harakatlari, mimika bilan birga dialog, qoʻshiq, yallalardan keng foydalaniladi. Aksariyat K.-oʻ.larda ramziy ifodalar mu-him ahamiyatga ega. 19-asr oxiri 20. a. boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida "Kadi badbaxt", "Lakalak", "Laylak ilonni ovladi", Fargʻova vo-diysida "Buva qovoq", "Kichkivajon", Xorazmda "Chaqaloq", "Sipsa oʻyin" kabi K.-oʻ. keng tarqalgan. K.-oʻ. namunalari qoʻqonlik M. Abdullayev, buxorolik B. Saʼdullayev, nurotalik K. Nur-matov, mangʻitlik M. Eshimbetov kabi masharabozlar ijodi orqali bizgacha yetib kelgan. Bu anʼanaviy oʻyinlardan professioval va xalq teatrlarining ayrim spektakllari (S. Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni", Oʻzbek milliy akademik drama teatri; "Ravshan va Zulxu-mor", Muqimiy teatri va boshqalar)da ijo-diy foydalanib kelinmoqsa.
Adabiyot
tahrir- Qodirov M., Oʻzbek teatri anʼanalari, T., 1976Muhsin Krdirov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |