Kultepa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kultepa — shahar harobasi (3—13-asr boshi). Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi Sovot qishlogʻidan 4 km janubida, Xoʻjamushkentsoyning chap qirgʻogʻida. Sanʼatshunos-arxeolog N. B. Nemseva 1974-yil topgan. 1985-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Sirdaryo otryadi (rahbari A. A. Gritsiva) u yerda qazish ishlari olib borgan. Tadqiqotlar vatijasida Kultepada tarhi toʻrtburchak qalʼa va unga shim. va gʻarb tomondan yondashgan turar joylar mavjudligi aniqlandi (umumiy maydoni 20 ga). taxminan uning markazida Gulhovoʻz deb ataluvchi bo-tiklik ham bor. Arab geograflari — Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy va boshqa asarlarida kayd etilgan oʻrta asrlar shahri — Sobot ayvan Kultepa oʻrnida boʻlgan. Topilgan ashyoviy dalillar (so-pol qadah, kosa, koʻza, xum, togʻora va boshqa koʻpgiva sirlangan idishlar)ga taya-nib, Kultepadagi hayot 3 bosqich — soʻnggi antik davr (3—4-asrlar), ilk oʻrta asrlar davri (5—8-asrlar) va oʻrta asrlar davri (10—13-asrlar)ga boʻlinadi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |